Energiya kun tartibi-37
Energetika masalasida Turkiya va Misr hamkorligi…
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kuni kecha Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'anning taklifiga binoan ilk bor Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Bu 12 yil oradan so’ng Misrdan Turkiyaga prezident darajasida amalga oshirilgan birinchi tashrif bo’ldi.
Muzokaralar mavzusi, shubhasiz, Isroilning G'azoda bir necha oydan beri sodir etib kelayotgan genotsidga chek qo’yish masalasi bo’ldi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, "Turkiya va Misr Falastin masalasida mushtarak pozitsiyaga ega. 11 oydan beri davom etayotgan genotsidga barham berish, imkon qadar tezroq doimiy otashkesim oʻrnatish, insonparvarlik yordamlarini toʻsiqsiz olib borish bizning ustuvor vazifalarimiz boʻlib qolmoqda”,-dedi.
Misr Prezidenti Sisi ham Anqara va Qohiraning Falastin mavzusidagi mushtarak sa'y-harakatlarining ahamiyatiga e'tibor qaratdi.
“Turkiya va Misr sifatida zudlik bilan sulhning oʻrnatilishini, Gʻarbiy Sohildagi ishgʻollarning tugatilishini va Falastinning 1967-yil chegaralari ichida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan davlatni barpo etish huquqini taʼkidladik. Biz insonparvarlik yordamining G'azoga yetib borishini ta'minlash uchun qo'limizdan kelgancha g’ayrat qilamiz”,-deydi Misr Prezidenti.
Shu bilan birga, muzokaralarning yana bir muhim qismi ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar va savdo hajmini oshirishga e’tibor qaratish bo‘ldi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an bu mavzuda, “Biz sanoat, savdo, mudofaa, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va energetika kabi barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish istagini tasdiqladik. Savdo va iqtisodiyot hamkorligimizning eng kuchli yo‘nalishini tashkil etadi. Biz so'nggi 10 yil ichida Misrning eng yaxshi 5ta savdo hamkori qatoridan joy oldi. Kelgusi 5 yil ichida savdo hajmini 15 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilyabmiz”,-dedi.
Ushbu maqsadlarga muvofiq ikki davlat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasidan sanoat kooperatsiyasigacha, atrof-muhitdan sog‘liqni saqlash sohasiga qadar 17 ta shartnoma imzolandi.
Bu kelishuvlar orasida juda muhim masala alohida ajralib turadi. Tomonlar o‘rtasida Turkiya Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida energiya sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Xo‘sh, nega ikki davlat o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik shunchalik muhim o‘rin tutadi? Bunga javob topish uchun taxminan 7 yil oldinga nazar tashlashimiz kerak.
2017-yilda Misr va Afina maʼmuriyatlari oʻrtasida dengiz yurisdiktsiya hududlarini belgilovchi hujjat imzolangan edi. Bu bir tomonlama kelishuv Turkiya tomonidan tan olinmagandi.
Anqara 2019-yilda Liviya bilan dengiz yurisdiktsiya hududi to'g'risidagi shartnomani imzolagandi.
Shunday qilib, Afina va Janubiy Kipr Rum boshqaruvi Turkiyaning roziligisiz Sharqiy O’rta yer dengizida hech qanday qadam tashlay olmasligi ma’lum bo’ldi.
Shu darajaga yetdiki, Anqaraning qadamidan keyin Kipr oroli orqali Gretsiyaga yetib borishi rejalashtirilgan “Euromed” tabiiy gaz quvur liniyasi loyihasi samarali bo’lmadi. AQSH kelishuvni qoʻllab-quvvatlashdan voz kechishi bilan loyiha butunlay barbod boʻldi.
Bu holat Turkiya uchun tezkor yangi qadamlarni keltirib chiqardi. Sharqiy O'rta yer dengizida uzluksiz olib borilgan seysmik uglevodorod qidiruv ishlari mintaqaning eng muhim davlatlaridan biri bo'lgan Misrning Turkiya ishtirok etmaydigan loyihaning haqiqatini shubha ostiga qo'yishiga sabab bo'ldi.
Diplomatik manbalarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning tezda normallashishi mintaqa kelajagi uchun katta ahamiyatga ega.
Anqara-Qohira liniyasidagi diplomatik taranglikdan so'ng, normallashtirish harakatlari juda sog'lom darajada davom etdi.
Tomonlarning ijobiy sa’y-harakatlari ortidan 2013-yildan keyin Turkiyadan Misrga birinchi vazirlar ziyorati G‘aznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebatiyning 2022-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qohiraga borganida amalga oshirildi.
Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an va Misr Prezidenti Sisi 2022 yil noyabr oyida bo'lib o'tadigan Jahon chempionati doirasida uchrashdi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an joriy yilning boshlarida, ya’ni 14 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Misrga bordi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni oshirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolandi.
Sisining mamlakatga tashrifi bilan tomonlar o'rtasidagi strategik muloqot mexanizmlari butunlay normallashdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Kelgusi davrda Anqara-Qohira liniyasida, ayniqsa energiya sohasida yuqori darajadagi hamkorlik kutilmoqda.
Asosiy maqsad tomonlarning dengiz yurisdiktsiya hududlari bo'yicha batafsil muloqot mexanizmini o'rnatishi va qit'a shelfida qo'shni bo'lgan ikki davlatning Sharqiy O'rta yer dengizida muhim sheriklik o'rnatishidir.