Yevrosiyo kun tartibi - 36 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turkiy Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

2183093
Yevrosiyo kun tartibi - 36 (2024)

2024 - yilning 28 - avgusti kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Joʻmart Toʻqayev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Qurolsizlanish masalalari bo‘yicha oliy vakili Izumi Nakamitsunu qabul qildi. Unda, global siyosatdagi notinchliklar va Qozog‘istonning dunyoni yadroviy quroldan tozalash borasidagi harakatlari qo‘lga olindi.

2024 - yilning 28 – 29 avgusti kunlari Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoʻy O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Nuri Ersoʻy shu doirada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Poytaxt Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashgan Nuri Ersoʻy, Turkiya madaniyat festivalini 2025 - yili O‘zbekistonda tashkil etishlarini ma’lum qildi. Tashrif doirasida Nuri Ersoʻy O‘zbekiston Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

2024 - yilning 28 - avgusti kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida bo‘ldi. Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxt Tehronda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Diniy yetakchi Oyatulloh Ali Xomaney bilan uchrashdi. Uchrashuvlar natijasida ikki davlat oʻrtasida 4 ta shartnoma imzolandi.

2024 - yilning 29 - avgusti kuni Afg‘oniston Tolibon ma’muriyatining konchilik va neft vaziri Hidoyatulloh Badriy Turkmanistonga tashrif uyushtirdi. Badriy poytaxt Ashxobodda ba’zi uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar natijasida ikki davlat oʻrtasida 4 ta shartnoma imzolandi. 2024 - yilning 30 - avgusti kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Turkmanistonga tashrif uyushtirdi.

2024 - yilning 27 – 30 avgusti kunlari Samarqand shahrida «Sharq taronalari» XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. UNESCO va ISESCO shafeligida uyushtirilgan festivalda dunyoning 80 ta davlatidan 300 dan ortiq san’atkor ishtirok etdi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali 1997 - yildan beri uyushtirib kelinmoqda.

O‘tgan haftada Turkiy Respublikalarida birin – ketin bayramlar nishonlandi. 2024 - yilning 30 - avgust kuni Turkiyada G‘alaba bayrami, Qozog‘istonda esa Konstitutsiya kuni nishonlandi. 2024 - yilning 31 – avgusti kuni Qirg‘iziston, 1 – sentabr kuni esa O‘zbekiston mustaqillik kunini nishonladilar.

***

2024 - yilning 27 - avgusti kuni Ozarbayjon Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Jayxun Bayramov poytaxt Anqarada Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

2024 - yilning 28 – avgusti kuni Turkiya Respublikasi Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘lu Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi. Urao‘g‘lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar tomonidan qabul qilindi. Tashrif doirasida Nikosiya (Lefkosha) halqa yo‘lining poydevori qo‘yildi.

2024 - yilning 30 - avgusti kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya - Ozarbayjon do‘stlik guruhi rahbari Shamil Ayrim boshchiligidagi Turkiya Buyuk Millat Majlisi hay’atini qabul qildi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi hay’ati umumiy parlament saylovlarini kuzatish maqsadida hozirda Ozarbayjonda. 2024 - yilning 1 - sentabrida bo‘lib o‘tgan saylovni 598 nafar xorijiy vakil kuzatib bordi.



Aloqador xabarlar