Energiya kun tartibi-36
Turkiya moviy vatanda seysmik tadqiqotlar va uglevodorod burg'ilash ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda.
Turkiyaning eng yirik energiya kashfiyoti Qora dengizdagi Sakarya gaz konida amalga oshirildi. Biroq, Turkiya energiya bilan bog'liq bu jarayonga osonlik bilan erishmadi.
Kipr oroli atrofidagi voqealar Anqarani energiya sohasida faolroq siyosat yuritishga undadi. Ayniqsa, seysmik tadqiqot va burg'ulash kemasi o’z vaqtida topilmagani uchun, Turkiya birinchi burg'ulash kemasini xarid qilishga qaror qildi.
Turkiyaning birinchi burg’ulash kemasi shu tariqa 2012 yilda sotib olindi. Seysmik tadqiqotlar uchun sotib olingan kemaga turk dengiz flotining eng muhim qo'mondonlaridan biri “Barbaros Hayrettin Pasha” nomi berildi. 84 metr uzunlikda bo’lgan kema ilk seysmik tadqiqotlarini Qora dengizda amalga oshirdi.
Biroq, mintaqaviy o'zgarishlardan so'ng, Qora dengizdagi qidiruv ishlarining keng ko'lamli ekanligini anglab etgan rasmiy Anqara birin-ketin flotni kengaytirish choralarini ko'rdi.
“MTA Oruch Reis” burg’ulash kemasining qurilishi uchun milliy resurslardan foydalanishga qaror qilindi.
“Barbaros Hayrettin Pasha” kemasi endigina flotga qo'shilgan edi, rasmiy Anqara ikkinchi kemaning qurilishini buyurdi. “Oruch Reis” kemasining qurilish ishlari 2012 yilda Tuzla kemasozlik zavodida boshlandi.
Kema 3 yillik qisqa vaqt ichida qurib bitkazildi. U o'zining ilk faoliyatini yillar davomida inqirozlar mintaqasi bo'lgan O'rta yer dengizida amalga oshirdi. Natijada neft va tabiiy gazni qidirish faoliyatlari boshlandi.
87 metr uzunlikda bo’lgan “Oruch Reis” kemasi dengiz ostida 15 kilometr chuqurlikda uglevodorodlarni qidirish imkoniyatiga ega.
Turkiya seysmik tadqiqot kemalari bilan tabiiy gaz va neft qidirish faoliyatlarini amalga oshirgan bo'lsa-da, milliy manbalardan foydalanmasdan burg'ulash ishlari tezlasha olmasligiga qaror qilindi.
Bu safar burg'ulash ishlari uchun qadamlar tashlana boshladi. Jarayonni tezlashtirish uchun chetdan ta’minlash usuli qabul qilindi. Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan kema bo’yicha kelishib olindi. Norvegiyadan sotib olingan birinchi burg'ulash kemasiga "Fotih" deb nom berildi.
6-avlod, yuqori texnologiyali kema bo'lgan "Fotih" o'z sinfida dunyoning eng yaxshi 5 kemasi qatoriga kiradi. Kema yuqori bosim ostida 12 ming metrdan chuqurroq dengiz tubida burg'ulash qobiliyatiga ega. Kemaning kengligi 229 metr, eni esa 36 metrni tashkil qiladi. Kema 2 ta minoraga ega bo’lib, ular 1750 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega.
“Fotih”ning birinchi xizmat joyi O'rta yer dengizi bo’ldi. Kema 2018-yil 29-oktyabr kuni Alanya-1 konida burg‘ulash ishlarini amalga oshirdi.
Kema 2020 yilda Qora dengizda birinchi burg'ulash ishlarini amalga oshirdi. U “Tuna-1” konida 2 ming 100 metr chuqurlikda 320 milliard kub metr tabiiy gaz aniqlashga muvaffaq bo’ldi. Bir yil o'tib, “Amasra-1” qudug’idagi burg'ulash ishlarida yana 135 milliard kub metr tabiiy gaz topildi.
Ushbu salohiyatdan boxabar bo’lgan Turkiya o‘z flotini kengaytirishdan to‘xtamadi. 2018-yilda “Yavuz” burg’ulash kemasi flot tarkibiga qo'shildi. Ta'mirlash ishlari tugallangandan so'ng, u 2019-yil iyun oyida Sharqiy O'rta yer dengizida o’z faoliyatini boshladi.
6-avlod ultra chuqurlikdagi burg'ulash kemasi “Yavuz” bir vaqtning o'zida turli faoliyatlarni bajarish imkoniyatiga ega.
Turkiyaning 3-burg'ulash kemasi “Qonuniy Sulton Sulaymon” deb nomlanadi. 2020-yilda flot tarkibiga qo'shilgan kema Qora dengizdagi “Turkali-2” qudug'ida sinovdan o'tkazildi.
Navbatdagi kema 2022-yilda flot tarkibiga qo’shildi. 7-avlod texnologiyasi bilan dunyo bo'ylab 5 ta kema qatoriga kirgan “Abdulhamid Xon” nomli kema 12 ming 200 metrgacha burg'ulash qobiliyatiga ega.
Turkiya energiya zaxirasini omborlash nuqtai nazaridan ham o’z imkoniyatini kengaytirdi. Suzuvchi suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) saqlash va qayta gazlashtirish terminali yoki “FSRU” kemasi Izmir Aliaga va Hatay Dortyolga joylashtirildi.
Turkiya shu kunlarda o’z flotiga yana bir yirik kemani qo'shishga tayyorlanmoqda. Suzuvchi gazni qayta ishlash platformasining qo'shilishiga sanoqli kunlar qoldi.
Shunday qilib, Qora dengiz tabiiy gazini quruqlikda qayta ishlamasdan to'g'ridan-to'g'ri dengiz orqali liniyaga kiritish rejalashtirilmoqda.
Sakarya gaz konida faoliyat yuritadigan 360 metr kenglikdagi suzuvchi platforma, to'liq quvvat bilan ishlasa, har yili 5 million xonadonning ehtiyojlarini qondira oladi.
Singapurdan yo'lga chiqqan kemaning eng kech noyabr oyida Filyos portiga langar tashlashi kutilmoqda.
O'z flotini kengaytirgan Turkiya uglevodorodlar bo’yicha ham xalqaro maydonda o’z o’rnini egallashga tayyorlanmoqda. Somali bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, yaqin haftalarda seysmik tadqiqot kemasi mintaqaga jo‘nab ketishi kutilmoqda. Kemaga dengiz floti elementlari hamrohlik qilishi rejalashtirilgan.