Yevrosiyo kun tartibi - 35 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turkiy Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

2180765
Yevrosiyo kun tartibi - 35 (2024)

2024 - yilning 22 – 23 avgusti kunlari Tatariston poytaxti Qozon shahrida III Qozon Global Yoshlar Sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda dunyoning 40 davlatidan vakillar va Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov ishtirok etdi.

2024 - yilning 22 – 23 avgusti kunlari Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Joʻmart Toʻqayev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lib qaytdi. Qozog‘iston prezidenti Toʻqayev poytaxt Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Bosh vazir Qohir Tohirzoda va majlis raisi Mahmadtoir Zamirzoda bilan uchrashdi. Toʻqayev - Rahmon uchrashuvi ortidan ikki davlat o‘rtasida 16 ta shartnoma imzolandi. Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoq shartnomasi shular jumlasidandir. Tashrif doirasida Tojikiston - Qozogʻiston biznes forumi boʻlib oʻtdi. Unda, 1 milliard dollarlik shartnoma imzolandi. Prezidentlar Qozog‘iston madaniyati kunlarining ochilish marosimida ishtirok etdilar.

2024 - yilning 22 – 23 avgusti kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib qaytdi. Poytaxt Toshkentda Prezidentlar raisligida O‘zbekiston -Ozarbayjon Davlatlararo Oliy kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu majlis yakunida tomonlar o‘rtasida 17 ta shartnoma imzolandi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar rasman ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi. Tashrif doirasida Qo‘qon shahrida O‘zbekiston - Ozarbayjon hududlararo forumi, Toshkent shahrida O‘zbekiston - Ozarbayjon biznes forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston - Ozarbayjon biznes forumida tomonlar o‘rtasida 2 milliard dollarlik shartnoma imzolandi. Prezidentlar ikki davlatning yetakchi ishbilarmonlari bilan uchrashib, qo‘shma sarmoya fondi ko‘paytirilishini ma’lum qildi. Har ikki davlat xalq artisti mukofotiga o‘zbekistonlik Farruh Zokirov va ozarbayjonlik Po‘lat Bulbulo‘g‘li munosib deb topildi.

O‘tgan hafta Ozarbayjon askarlari Qozog‘istonning janubi - sharqidagi Ko‘ktal poligonida qozoq askarlar bilan birgalikda qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Ikki davlat askarlari iyul oyida uyushtirilgan «Birlashgan - 2024» harbiy mashg‘ulotlarida ham uchrashdi. O‘tgan hafta Turk Qurolli kuchlari mutaxassislari Qozog‘iston armiyasining maxsus harakat kuchlariga 3 oylik ta’lim berish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida Qozog‘istonga bordilar.

***

Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin 2024 - yilning 18 – 19 avgusti kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Poytaxt Bokuda uyushtirilgan Aliyev - Putin uchrashuvi ortidan tomonlar o‘rtasida 7 ta kelishuv imzolandi. Tomonlar Bokuda birgalikda universitet ochish va qo‘shma neft tankerlarini qurishga kelishib oldilar. Rossiya Davlat rahbari Ozarbayjonga oxirgi marta 2018 - yili tashrif uyushtirgan edi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ozarbayjondan keyin Shimoliy Kavkazdagi Kabardin -Balkar, Osetiya - Alaniya va Checheniston respublikalariga tashrif uyushtirdi. Gʻarb tomonidan kiritilgan sanksiyalar ortidan Rossiya jihatidan mintaqada joylashgan va Kavkazdan oʻtuvchi Shimol - janub xalqaro transport yoʻlagi va gʻarb bilan sharqni bir – biri bilan bogʻlovchi Markaziy yo‘lakning ahamiyati yana - da ortdi.

2024 - yilning 20 - avgusti kuni Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ayxan Hajiyev, Ozarbayjonning BRICS tarkibiga kirish uchun rasmiy ravishda murojaat qilgani haqida ma’lumot boʻlishdi. Mazkur murojaat Vladimir Putinning Bokuga boʻlgan tashrifi ortidan qayd etilgani esa e’tibordan chetda qolmadi. Oʻtgan oyda Ostonada boʻlib oʻtgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Xitoy Xalq Respublikasi Ozarbayjonning BRICS tarkibiga kirish sa’y – harakatini qoʻllab - quvvatlashini bildirgan edi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar