Energiya kun tartibi-33
Turkiya neft qazib olishda tarixiy darajada katta yutuqlarga erishdi. Xozirda mamlakatda umumiy kunlik ishlab chiqarish hajmi 100 ming barreldan oshdi.
Turkiya neft qazib olishda tarixiy darajada katta yutuqlarga erishdi. Xozirda mamlakatda umumiy kunlik ishlab chiqarish hajmi 100 ming barreldan oshdi.
Turkiyadagi birinchi qidirish ishlari 1940 yilda Batman viloyatidagi “Raman-1” qudug'ida amalga oshirilgandi.
Hozirda Turkiyada 6 mingga yaqin neft qudug'i mavjud. Ushbu quduqlarning 2500 ga yaqinidan neft qazib olinadi. So’nggi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya jami 1,3 milliard tonna neft zaxirasiga ega.
Biroq, ishlab chiqarishning aksariyati Gabar hududida amalga oshiriladi. “Shehit Aybuke Yalchin” va “Shehit Esma Chevik” konlarida kunlik neft ishlab chiqarish hajmi 40 ming barreldan oshdi.
2024 yilda neft ishlab chiqarish hajmini 150 ming barrelga, ortidan esa 200 ming barrelga yetkazish maqsad qilingan.
Turk nefti aktsiyadorlik jamiyati (TPAO) “Shehit Aybuke Yalchin” konidagi neft zaxiralari hajmini taxminan 1 milliard barrel, ishlab chiqariladigan zaxiralarni esa taxminan 600 million barrel deb baholamoqda.
Turkiya janubidagi Shirnak viloyati neft ishlab chiqarishda muhim o'rin egallagan bo'lsa-da, mavjud maydonlarning qisqa muddatda yanada kengaytirilishi kutilmoqda.
O‘tgan yili 214 ta yangi quduqda burg‘ulash ishlari boshlandi. Neft qazib olinadigan quduqlar soni 2 mingtaga yetdi. Biroq, bu faqat boshlanishi deb hisoblanadi. Yaqinda Van va Hakkari viloyatlarida ham burg'ulash ishlari boshlanadi. Uzoq muddatli istiqbolda 14 viloyatdagi 18 ta konda neft qidiruv ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu viloyatlar tarkibiga Gaziantep, Antaliya, Chanoqqal’a, Shanliurfa, Zonguldak, Diyarbakir, Bartin, Karabuk, Kastamonu, Elazig', Edirne, Qahramanmarash va Kilis kiradi.
Ishlab chiqarishning ortishi bilan Turkiya, birinchi navbatda neftga bo'lgan ehtiyojining 20 foizini milliy manbalardan qondirishni maqsad qilgan. Neft ishlab chiqarish, ayniqsa, joriy hisobdagi kamomadni yopish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Neft qidiruv faoliyatlarining Turkiya iqtisodiyotiga qo’shgan yillik hissasi 3 milliard dollardan oshishi taxmin qilinmoqda.
Gabarga yangi neft quvur liniyasi qurilmoqda.
Gabardagi neftni tez vaqt ichida quvur liniyalarga o'tkazish uchun infratuzilma ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Hozirgacha viloyatda 480 kilometrlik avtomobil yo‘li qurildi.
Bundan tashqari, neftni BOTASh kompaniyasining Idil stantsiyasiga quvur orqali o'tkazish ishlari olib borilmoqda. Aytilishicha, liniyaning yarmidan ko‘pi qurib bitkazilgan. Neftni Idil stantsiyasidan Jayhun va Do'rtyo'lga tashish ham eksport uchun katta ahamiyatga ega.