Yevrosiyo kun tartibi - 32 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Yevrosiyo qit’asida joylashgan respublikalar kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

2172680
Yevrosiyo kun tartibi - 32 (2024)

Eron prezidenti etib saylangan Masud Pezeshkiyonning 2024 - yil 30 -iyul kuni boʻlib oʻtgan prezidentlikka kirishish yoki qasamyod marosimida Yevroosiyo qit’asida joylashgan davlatlardan Tojikiston Prezidenti, Ozarbayjon Bosh vaziri, Rossiya Federatsiyasi parlamenti spikeri, Qozog‘iston Senati raisi, Armaniston va Gruziya Bosh vazirlari, Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari, Turkiya va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.  

2024 - yilning 1 - avgusti kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga bordi. Entoni Blinken poytaxt Ulan - Batorda Mo‘g‘uliston Prezidenti Hurelsuh Uhnaagiyn, Bosh vazir Oyun Erdene Luvsannamsray va Tashqi ishlar vaziri Battsetseg Batmunkh bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

2024 - yilning 1 - avgusti kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev, Yevropa ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Josep Borrelni qabul qildi. Mazkur qabul chog‘ida Markaziy Osiyo xavfsizligi va Qozog‘iston - Yevropa ittifoqi munosabatlari qo‘lga olindi. Yevropa ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel, Qozog‘istondan keyin rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga yo‘l oldi. Shu doirada, 3 - avgust kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Borrelni qabul qildi.

2024 - yilning 2 - avgusti kuni Kongo Respublikasi Prezidenti Denis Sassou Nguesso birinchi marotaba Qozog‘istonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Shu doirada Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev bilan Prezident Nguesso bilan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o‘tkazdi. Natijada, Qozog‘iston bilan Kongo Respublikasi o‘rtasida 10 ta shartnoma imzolandi.

Shveytsariya Prezidenti Viola Amherd 2024 - yilning 2 - avgusti kuni birinchi marotaba Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Prezident Viola Amherd poytaxt Ulan - Batorda Mo‘g‘uliston Prezidenti Hurelsuh Uhnaagiyn, Bosh vazir Oyun Erdene Luvsannamsray va parlament spikeri Amarbayasgalan Dashzegviyn bilan alohida – alohida uchrashuv o‘tkazdi. Joriy yilda Mo‘g‘uliston bilan Shveytsariya ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatilishining 60 yilligini nishonlamoqda.

***

2024 - yilning 30 - iyuli kuni Turkiya va Armanistonning ikki tomonlama munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha tayin qilingan maxsus vakillardan Serdar Kilich bilan Ruben Rubinyan, Alijan - Marmara chegara darvozasida shu bilan beshinchi marotaba uchrashuv o‘tkazdilar. Armaniston so‘nggi paytlarda ham Turkiya, ham da Ozarbayjon bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatish uchun aniq qadamlar tashlay boshladi.

Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar 2024 - yilning 30 – 31 iyuli kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Shu doirada, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Alparslan Bayraktarni qabul qildi.

Poytaxt Anqarada 2024 - yilning 1 - avgusti kuni Rossiya va G‘arb o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Unda, 26 nafar mahbus ozod etilar ekan mazkur voqea Sovuq urushdan keyingi eng yirik almashinuv sifatida tarix sahifasidan o‘rin oldi.

2024 - yilning 2 - avgusti kuni Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Rustam Umarov poytaxt Anqarada Turkiya Mudofaa vaziri Yashar Guler bilan uchrashdi. Turkiya bilan Ukraina o‘rtasida 3 - avgust kuni imzolangan Erkin savdo bitimi Turkiyaning rasmiy gazetasida chop etilishi ortidan kuchga kirdi. Turkiya va Ukraina 7,3 milliard dollarni tashkil etgan yillik savdo hajmini qisqa vaqt ichida 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

 



Aloqador xabarlar