Yevrosiyo kun tartibi - 31 (2024)
Dasturimizning bugungi sonida, Yevrosiyo qit’asida joylashgan respublikalar kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.
Ma’lum boʻlganidek Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralarini boshlash masalasi jahon siyosatining kun tartibida keng oʻrin olmoqda. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 – yili Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik muzokaralari oʻtkazishni taqiqlash haqidagi qarorni imzolagan edi. Shunga qaramay Ukraina Prezidenti Zelenskiy 2024 - yilning 21 – iyuli kuni Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, 2024 - yilning 23 – 26 iyuli kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi. Shu doirada xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashgan Dmitriy Kulebaning kun tartibida, ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda Ukraina - Rossiya tinchlik muzokaralari ham bor edi. Xuddi shu kunlarda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi avgust oyida Rossiyadan keyin Ukrainaga tashrif uyushtirishi haqida ma’lumot boʻlishdi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2024 - yilning 25 – 27 iyuli kunlari amaliy tashrif bilan Fransiyada bo‘ldi. Prezident Japarov poytaxt Parijda 33 - yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Xuddi shu marosimda Mo‘g‘uliston Prezidenti Ukhnaagiyn Khurelsukh ham qatnashdi.
2024 - yilning 25 - iyuli kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlarining 3 - kengashi boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston Bosh prokurorlari ishtirok etdi. Uchrashuv doirasida Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Xuddi shu kuni Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar prokurorlarining 12-kengashi boʻlib oʻtdi.
***
Yevropa ittifoqi kengashi Armaniston armiyasiga 10 million yevrolik yordam ko‘rsatish va Armaniston bilan vizasiz rejimni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha muzokara oʻtkazish haqida qaror qabul qildi.
2024 - yilning 25 - iyuli kuni Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadov Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi Kadir O‘zkaya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Unda, Ozarbayjon - Turkiya munosabatlaridan tashqari huquqiy sohada Turkiy Respublikalarning tegishli muassasalari o‘rtasida hamkorlikni oshirish masalasi muhokama qilindi.
2024 - yilning 26 - iyuli kuni Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Laosda bo‘lib o‘tgan Janubi - Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) tashqi ishlar vazirlarining 57 -yig‘ilishida ishtirok etdi. Hakan Fidan ushbu yig‘ilish doirasida Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Matbuotlarda o‘rin olgan ma’lumotlarga ko‘ra mazkur uchrashuv chog‘ida Turkiya - Rossiya, Turkiya - Suriya va Vladimir Putinning Turkiyaga uyushtirish ehtimoli bo‘lgan tashrifi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning Suriya yetakchisi Bashar al - Asad bilan uchrashuv o‘tkazish haqidagi chaqiruvi ortidan 25 – iyul kuni Bashar al - Asad kutilmaganda Moskvaga tashrif uyushtirib, shu doirada mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bashar al – Asadning uchbu uchrashui haqida oldin hech qanday ma’lumot berilmagandi.
2024 - yilning 26 - iyuli kuni Istanbulda Turk dunyosi axborot – analitik markazlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Vengriya, O‘zbekiston va Turkiya nomidan yetakchi axborot - analitik markazlarning vakillari ishtirok etdi. Unda, Turk dunyosining kelajagi muhokama qilindi.
Voqealardan ham ko‘rinib turganidek o‘tgan hafta Yevrosiyo geografiyasida ko‘proq, hatto, tez – tez tinchlik so‘zi tilga olindi.