Yevrosiyo kun tartibi - 27 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turkiy Davlatlar kun tartibidagi voqealar haqida so‘z qilamiz.

2158999
Yevrosiyo kun tartibi - 27 (2024)

2024 - yilning 23 – 26 iyuni kunlari Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonga bo‘lgan birinchi rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Toshkent shahrida ikki davlat prezidentlari o‘zaro va hay’atlararo uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta shartnoma imzolandi. Tashrif doirasida Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar ikki davlatning yetakchi ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, poytaxt Toshkentdagi texnoparkka tashrif buyurdilar.

2024 - yilning 24 – 25 iyuni kunlari Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrif bilan Belgiya Qirolligida bo‘ldi. Prezident Sadir Japarov Bryusselda Belgiya Qiroli Filipp va Yevropa ittifoqi kengashi raisi Charlz Mishel bilan alohida – alohida uchrashdi. Muzokaralardan so‘ng Qirg‘iziston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev 2024 - yilning 25 - iyuni kuni Malta tashqi ishlar, savdo va Yevropa ittifoqi vaziri Yan Borgni qabul qildi. Ayni vaqtda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga ham raislik qilgan Borg, Prezident To‘qayev bilan bo‘lgan uchrashuvida Qozog‘iston - Yevropa ittifoqi va Qozog‘iston - Malta hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Malta Tashqi ishlar, savdo va Yevropa ittifoqi vaziri Yan Borg, 2024 - yilning 27 - iyuni kuni Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Joparov tomonidan qabul qilindi. Unda chegara muammolari, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash, elektron tijorat kabi masalalar qo‘lga olindi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2024 - yilning 28 - iyuni kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muralievni qabul qildi. Mazkur qabul chog‘ida, Turkiy Davlatlar Tashkiloti faoliyati va Ozarbayjonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Turkiy Davlatlari Tashkilotining norasmiy sammiti muhokama qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2024 - yilning 30 – iyuni kuni Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar uyushtirdi. Guterrishning ushbu safari bir hafta, ya’ni, 7 – iyulga qadar davom etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Guterrish shu doirada avvalom bor O‘zbekistonga bordi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrishni qabul qildi. Bosh kotib Guterresh 4 - iyul kuni Qozogʻistonda boʻlib oʻtuvchi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ham ishtirok etadi.

***

2024 - yilning 26 – 27 iyuni kunlari Turkiya Respublikasi Mudofaa vaziri Yashar Guler Turkmaniston bilan O‘zbekistonda bo‘lib qaytdi. Mudofaa vaziri Yashar Guler shu doirada turkman hamkasbi Begench Gundo‘g‘duyev va o‘zbek hamkasbi Bohodir Qurbonov bilan uchrashdi. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yashar Gulerni qabul qildi. Uchrashuvlarda mintaqaviy xavfsizlik va harbiy - texnik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2024 - yilning 26 - iyuni kuni Italiya Respublikasi Mudofaa vaziri Gvido Krosettoni qabul qildi. Mazkur qabul chogʻida ikki davlat oʻrtasida mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Aliyev, Italiya tomonidan ishlab chiqarilgan va Ozarbayjonga yetkazib berilgan C - 27J Spartan rusumidagi harbiy samolyotini koʻzdan kechirdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, 2024 - yilning 28 - iyuni kuni Milliy majlisni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi. Ozarbayjon Milliy majlisi umumiy saylovlarni 2024 - yilning 1 - sentabrida o‘tkazmoqchi.



Aloqador xabarlar