Turkiy tilining sehrli dunyosi - 1

Dasturimizning birinchi qismida turkiy tilining qisqacha tarixi, uning joʻgʻroʻfiy joylashuvi va lingvistik belgilari asoslariga ko‘ra tasnifi hamda bugungi kunda yer yuzining qaysi hududlarida so‘zlashilayotganiga e’tibor qaratamiz.

2159001
Turkiy tilining sehrli dunyosi - 1

«Turkiy tilining sehrli dunyosi» deb nomlangan yangi dasturimizda tarixi qadimga borib taqalgan, VII - VIII asrlarga oid hujjatlarda ham rivojlangan til ekani isbotlangan va bugungi kunda 200 milliondan ortiq inson tomonidan soʻzlashilgan turkiy tilining bugungi holati haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz. Dasturimizning birinchi qismida turkiy tilining qisqacha tarixi, uning bugungi kundagi joʻgʻroʻfiy joylashuvi va lingvistik belgilari asoslariga ko‘ra tasnifi hamda yer yuzining qaysi hududlarida so‘zlashilayotganiga e’tibor qaratmoqchimiz. Keyingi sonlarda esa, navbat bilan bugungi kundagi turkiy tillarning vaziyatlarini qo‘lga olamiz.

***

Til – insonlar orasidagi eng asosiy aloqa vositasidir. U o‘ziga xos qonunlari ichida yashagan, rivojlanib, sayqallangan jonli tizimdir. Bu jihatdan qaraganda, bir xalqning o‘zligini yoritib beruvchi muhim omillardan biri sifatida qabul qilinmoqda.

Bugungi kunda dunyoda 7000 ga yaqin til borligi qabul qilinmoqda. Ular orasida asrlar oshib bizgacha yetib kelgan san’at, adabiyot, tarix, falsafa va texnologiya kabi turli sohalarda ko‘plab asar bergan hamda insonlar taraqqiyoti bilan xalqlarning uzoq yashashiga salmoqli hissa qo‘shgan tillar ham bordir.

Bugungi kunda gʻarbda Bolqon yarim orolidan sharqda Tinch okeanigacha, shimolda Shimoliy Muz okeanidan janubda Tibetgacha boʻlgan keng maydonda goh katta va yaxlit holda, goh kichik guruh boʻlib, boshqa xalqlar bilan aralash tarzda yashagan xalq soʻzlashuvchi turkiy tillar shulardan biridir.

Turkiy tili Koʻkturk - Uygʻur - Qoraxoniylar davlati davrida yagona adabiy yoki yozma til sifatida qoʻllanildi. Keyingi tarixiy taraqqiyot jarayonida turkiy til ham boshqa tillarda boʻlgani kabi avvalom bor oʻzining tabiiy tuzilishi keyin esa tarqalish hududlari hamda turli ijtimoiy – madaniy muhitlar bilan boʻlgan aloqasi kabi tashqi omillar taʼsirida bir tomondan oʻzgardi, ikkinchi tomondan esa lahjalarga boʻlindi. Shunga qaramay ular orasidagi farq 20 – asrdan oldin unchalik ham katta emas edi ammo bugungi kunda bu holat sezilarli drajada desak mubolagʻa boʻlmaydi. 

***

Bugungi kunda 200 milliondan ortiq inson tomonidan soʻzlashilgan turkiy tillar turkolog va tilshunoslar tomonidan ularning joʻgʻroʻfiy joylashuvi va lingvistik belgilari asosida 6 guruhda tasniflanadi. Ular:

  • Janubiy – sharq yoki qorluq guruhi
  • Shimoliy – sharq yoki sibir guruhi
  • Janubiy - g‘arb yoki o‘g‘uz guruhi
  • Shimoliy - g‘arb yoki qipchoq guruhi
  • Bugungi kundagi izdoshi chuvash tili ekani qayd etilgan o‘g‘ur guruhi
  • Bugungi kundagi izdoshi halajlar ekani qayd etilgan arg‘u guruhidir.

Janubiy – sharq yoki qorluq guruhi bugungi kunda asosan O‘zbekiston va Sharqiy Turkistonda;

Shimoliy – sharq yoki sibir guruhi Sibirda;

Janubiy - g‘arb yoki o‘g‘uz guruhi bugun asosan Turkiya, Gagauziya, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Afg‘oniston va Turkmanistonda;

Shimoliy - g‘arb yoki qipchoq guruhi bugun asosan Kavkaz, Qrim, Tatariston, Boshqirdiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston va Oltoyda;

Bugungi kundagi izdoshi chuvash tili ekani qayd etilgan o‘g‘ur guruhi Volga bo‘yida;

Bugungi kundagi izdoshi halajlar ekani qayd etilgan arg‘u guruhi esa Eronda so‘zlashiladi yoki gaplashiladi.

Bulardan tashqari Shimoli - sharq yoki Sibir guruhiga kiruvchi sariq uyg‘ur tili bilan janubi - g‘arb yoki o‘g‘uz guruhida joylashgan salar turkchasi Xitoyning g‘arbiy mintaqasida; yana shimoli – sharq yoki Sibir guruhi ichida o‘rin olgan fu - yu turkchasi esa Manchuriyada so‘zlashiladi.

«Turkiy tilining sehrli dunyosi» deb nomlangan yangi dasturimizning birinchi qismida turkiy tilining qisqacha tarixi, uning bugungi kundagi joʻgʻroʻfiy joylashuvi va lingvistik belgilari asoslariga ko‘ra tasnifi hamda yer yuzining qaysi hududlarida so‘zlashilayotganiga e’tibor qaratishga harakat qildik.

Ushbu dastur Turkiya ovozi radiosi uchun professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashilgan holda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #turkiy tillar , #turkiy til , #til

Aloqador xabarlar