Yevrosiyo kun tartibi - 24 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turk Respublikalari kun tartibidagi oxirgi vaziyatlar haqida so‘z qilamiz.

2152586
Yevrosiyo kun tartibi - 24 (2024)

2024 - yilning 3 - iyuni kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Yaponiya Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Kiyoto Tsudzini qabul qildi. Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar hamda «Markaziy Osiyo - Yaponiya» sammiti muhokama qilindi.

Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo - Iveala o‘tgan hafta rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib qaytdi. Ivealani Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev 2024 - yilning 3 - iyuni kuni qabul qildi. Unda, Qozog‘istonning mazkur tashkilot bilan bo‘lgan hamkorligi qo‘lga olindi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev yaponiyalik mehmoni Ngozi Okonjo - Ivealani «Do‘stlik» medali bilan taqdirladi. Eslatib o‘tamiz, 2024 - yilning 14 – 15 mayi kunlari Olmaota shahrida 13 - Markaziy Osiyo savdo forumi bo‘lib o‘tdi.

Joriy 2024 - yilning 5 - iyuni kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 6 - iyuni kuni esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo - Ivealani qabul qildi. Bu muzokaralarda asosan O‘zbekiston va Ozarbayjonning mazkur tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lish muddati masalasi qo‘lga olindi.

Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulrozik O‘zbekistondan keyin Qozog‘istonga tashrif uyushtirdi. Ostonada Misr Arab Respublikasi Senati raisi qozog‘istonlik hamkasbi bilan uchrashdi. 2024 - yilning 4 - iyuni kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev, Misr Senati raisini qabul qildi.

2024 - yilning 6 - iyuni kuni poytaxt Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston transport vazirlari «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 - yilning 5 – 6 iyuni kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Poytaxt Anqarada 6 - iyun kuni Turkiya - O‘zbekiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 3 - yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida ikki davlat oʻrtasida 18 ta shartnoma imzolandi. Prezidentlar matbuot anjumani uyushtirdilar. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Prezident Mirziyoyevni Turkiya Respublikasining Davlat ordeni bilan taqdirladi. Tashrif doirasida Turkiya - O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Prezident Mirziyoyevni aeroportdan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning shaxsan o‘zi kuzatib qo‘ydi.

2024 - yilning 7 - iyuni kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Islom taraqqiyot banki rahbari Muhammad al - Jasserni qabul qildi. Mazkur qabul chog‘ida Islom taraqqiyot bankining Qirg‘izistondagi faoliyati muhokama qilindi.

***

2024 - yilning 5 - iyuni kuni Boku shahrida Ozarbayjon va Vengriya Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi strategik muloqot yig‘ilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yig‘ilish yakunida ikki davlat vazirliklari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi va yig‘ilish protokoli imzolandi.

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Xitoy Xalq Respublikasiga bo‘lgan rasmiy tashrifi doirasida 2024 - yilning 6 - iyuni kuni Shinjon - Uyg‘ur avtonom mintaqasiga bordi. Hakan Fidan shu doirada Urumchi va Qashqar shahrida bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

2024 - yilning 7 – 8 iyuni kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan Misr Arab Respublikasida bo‘ldi. Prezident Aliyev Misr Prezidenti Abdulfattoh as - Sisiy bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida 7 ta shartnoma imzolandi.

 

 



Aloqador xabarlar