Moda sanoatining atrof - muhitga boʻlgan ziyoni ortmoqda
“Qiziqarli ma’lumotlar” dasturining bugungi sonida kiyimlarning foydalanish muddati kamaygan sari moda sanoatining atrof - muhitga boʻlgan ziyoni qanday qilib ortayotgani haqida soʻz qilamiz.

Kiyimlarning foydalanish muddati kamaygan sari moda sanoatining atrof - muhitga boʻlgan ziyoni ortmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof - muhitni muhofaza qilish tashkiloti (UNEP) ma’lumotlariga koʻra, har yili moda sanoati uchun 159 million daraxt kesilib, 93 milliard kub metr suv sarflanar ekan, mutaxassislar buning sanoatning tabiiy resurslarga yetkazgan ziyoni, iste’molning haddan tashqari koʻpligi bilan bogʻliqligini qayd etmoqda.
***
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof - muhitni muhofaza qilish tashkiloti (UNEP) tomonidan 2022 - yili chop etilgan “Barqaror moda aloqasi 2021-2024 strategiyalari” nomli hisobotda, moda sanoatining iqlim oʻzgarishi va ekologik inqirozdan eng koʻp ta’sirlangan sohalardan biri ekani, tabiiy resurslardan koʻp foydalanilishi, qazib olinadigan yoqilgʻiga bogʻliq ekani, yetkazib berish tizimi tufayli ifloslanishga yoʻl ochishi va yuqori miqdorda chiqindi hosil qilishi ta’kidlandi.
Kiyimlarning foydalanish muddati kamaygan sari moda sanoatining atrof - muhitga boʻlgan ziyoni ortmoqda
Har yili dunyoda 100 milliarddan ortiq kiyim-kechak ishlab chiqarilmoqda.
Moda sanoati uchun har yili 159 million daraxt kesilmoqda.
Har yili kiyim - kechak ishlab chiqarish uchun 93 milliard kub metr suv sarflanadi, bu global suvdan foydalanishning 4 foiziga toʻgʻri kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, moda sanoati iqlim oʻzgarishi va ekologik inqirozga eng koʻp taʻsir koʻrsatgan sohalardan biridir.
Moda sanoatining uglerod emissiyasining global emissiyadagi ulushi 2 foizdan 6 foizgacha.
Dunyo suv resurslaridagi mikroplastmassalarning 35 foizi sintetik tolalarni yuvish natijasida paydo boʻlmoqda.
***
Kiyim - kechaklarni boʻyash va qayta ishlash natijasida ayniqsa Bangladesh, Indoneziya, Oʻzbekiston, Xitoy va Kambodja kabi mamlakatlarda suvning haddan tashqari ifloslanishi kuzatilgani qayd etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (UNEP) tomonidan 2022-yili chop etilgan “Barqaror moda aloqasi 2021-2024 strategiyalari” nomli hisobotida, moda va toʻqimachilik sanoati natijasida oxirgi 15 yil ichida ifloslanish ortgani ta’kidlandi.
Bundan tashqari ko‘p ishlab chiqarish natijasida chiqindilarning ortiqcha paydo bo‘lishi, ifloslanishdagi ortishning eng muhim sabablaridan biri sifatida ko‘rsatildi.
Hisobotda, “Dunyo bo‘ylab har soniyada o‘rtacha bir yuk mashinasi kiyim-kechak tashlanmoqda yoki yoqib yuborilmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Moda va to‘qimachilik sanoati ko‘p millatli tuzilishga ega bo‘lganligi sababli, logistika jarayonlari ham jiddiy uglerod chiqindilarini keltirib chiqarmoqda. Dunyoning turli burchaklarida ulkan to‘qimachilik chiqindilari mavjud. Afrikaning Akkra mintaqasiga har hafta o‘rtacha 60 konteyner kiyim jo‘natilmoqda. Akkra aholisi har yili 15 million eskirgan kiyimning ko‘chishiga guvoh bo‘lmoqda. Ularning 40 foizi juda past sifatga ega va hatto qayta ishlanmaydi ham.
Mahsulotlar yana –da quruqroq jarayonlardan o‘tishi kerak
Quruq jarayonlar orqali barqaror to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, yuvish jarayonlarining qisqartirilishi degan ma'noni anglatadi. Dunyoning bir necha joyida qurgo‘qchilik bo‘lishiga qaramay, bu darajada ko‘p suvning isrof qilinishi, iqlim adolatsizligini keltirib chiqaradi.
Atrof - muhit ta'sirini o‘lchash imkoni bo‘lgan, suv iste'moli, suvning tozaligi, tuproq va o‘g‘itlardan foydalanish hisobga olinadigan, biologik xilma-xillik himoyalangan va quruq jarayonlar qabul qilinadigan ishlab chiqarish usullari bilan kelajagimizni himoya qilish uchun ba'zi yechim yo‘llarni aniqlashimiz kerak.