Italiyaning “aqlli oroli” O‘rta yer dengizi uchun namuna tashkil etmoqda
Qiziqarli ma'lumotlar - 55


Italiyaning “aqlli oroli” barqaror amaliyotlari orqali O‘rta yer dengizi uchun namuna tashkil etmoqda.
Italiyaning Toskana mintaqasida joylashgan, elektr energiyasi ehtiyojini 100 foiz qayta tiklanadigan energiya bilan ta’minlovchi, yomg‘ir suvi yig‘uvchi, organik qishloq xo‘jaligi va baliqchilik faoliyati yo‘lga qo‘yuvchi Kapraya oroli, barqaror amaliyotlari orqali O‘rta yer dengizidagi boshqa orollarga namuna bo‘lmoqda.
Materikdan 30 kilometr uzoqlikdagi orolda boshlatilgan Aqlli orol Kapraya (Capraia Smart Island) loyihasi doirasida, - yuz foiz barqaror - bo‘lish maqsadida ishlagan orol aholisi,
- elektr energiyasini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqmoqda;
- qishloq xo‘jaligi va uylarda ishlatish niyatida yomg‘ir suvi yig‘moqda;
- orolda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik faoliyatini organik ravishda amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.
Materikdan olisligi tufayli uzoq yillar davomida mahkumlar yuborilgan va qishloq xo‘jaligida ishlatilgan ochiq qamoqxona sifatida foydalanilgan orol, 1986 - yildan keyin tashrif buyuruvchilar e’tiboriga ochildi.
Materikdan orolgacha cho‘zilgan elektr energiyasi tarmog‘ining yo‘qligi sababli, bunga chora ko‘rildi va orolning energiya ehtiyojlarini qayta tiklanadigan manbalardan qondirish uchun qadamlar tashlandi.
Shu maqsadda Shimoliy Yevropadan yetkazib berilgan yog‘li o‘simliklardan biodizel olinib, energiyaga aylantirildi. Munitsipalitet esa orolning turli hududlariga quyosh panellarini joylashtirdi.
Oroldagi umumiy hajmi 126 ming kub metr bo‘lgan ikkita tarixiy suv havzasi yomg‘ir suvini saqlash uchun ishlatilmoqda.
Aqlli orolda baliqchilikning o‘rni e’tibori bilan sanoat tuzilmalaridan uzoq bo‘lishi va baliq bolalari ishlab chiqarishda antibiotiklardan foydalanmaslik tufayli Yevropa ittifoqidan organik sertifikatga ega.
“Aqlli orol Kapraya loyihasi” Yevropa komissiyasi tomonidan barqarorlik va aylanma iqtisodiyotda model tashkil etgani bosi mukofotga loyiq deb topildi. Orol 80-90-yillarda tashrif buyuruvchilar uchun ochilganida, orol aholisi bu yerga kiritiladigan sarmoyalarni rad etib, orolning tabiati va biologik xilma-xilligini himoya qilgan edi. Amalga oshirilgan sa’y - harakatlar tufayli yillar davomida baliq burgutlari va O‘rta yer dengizi tyulenlarining orolga qaytgani kuzatildi.