Ko‘rmaslikka olingan yuqumli kasallik: Raqamli demans

Raqamli olam hayotimizga kirib kelganidan beri, unutuvchanlik yoshlikdan tez tarqalmoqda. Nemis nevrologi bu holatni raqamli demans deb ta’riflamoqda. Xo‘sh, raqamli demans kimga tahdid solmoqda?

2006387
Ko‘rmaslikka olingan yuqumli kasallik: Raqamli demans

Oxirgi yillarda raqamli olam tomonidan egallab olingan tizimda yashayapmiz va biz ko‘pincha kundalik ishlarimizni amalga oshirish uchun texnologiyadan keng ko‘lamli foydalanayapmiz.

Bu holat bizga bir necha muammoni ham o‘zi bilan birga olib kelmoqda. Ulardan biri elektron qurilmalarning kognitiv qobiliyatimizga ziyon berib-bermasligi masalasidir…

Xo‘sh, raqamli demans, “demans kasalligi”, ya’ni xalq orasida aytilgan “aqli pastlik” bilan uning qanday aloqasi bor?

“Raqamli demans bu asrning ko‘rmaslikka olingan yuqumli kasalligidir”.

 “Uskudar” universitetning nevrologiya fani bo‘yicha o‘qituvchisi Jelal Shalchiniy, raqamli demansni, bugungi kunimizning yuqumli kasalligi deb ta’riflamoqda va o‘z so‘zida mavzu haqida shuday deydi:

“Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi bizni uyga qamab qoʻydi va bu bizning texnologiyaga boʻlgan munosabatimizni kuchaytirdi. O‘zgaruvchan dunyoda masofaviy ta’lim va onlayn ish imkonlari ko‘paydi. Bundan tashqari, so‘nggi paytlarda sun’iy intellekt bosh aylantiruvchi darajada o‘sish qayd etmoqda va bu ham bizning texnologiyaga bo‘lgan bog‘liqligimizni oshiruvchi unsurlardan biridir. Va hatto bu holat, raqamli demans kasalligi oqibatlarini tezlashtiradi. Shunday ekan raqamli demans - bu asrning ko‘rmaslikka olingan yuqumli kasalligi va bu ham kelajak avlodlarimizga salbiy ta’sir qiladi”.

Bugungi kunda hammamiz raqamli demans holatidamiz

“Bugun barchamiz raqamli demans holatidamiz, chunki eng asosiy vazifalarni ham tamomlay olmaydigan darajada chalg‘idik”.-deydi Shalchiniy.

Raqamli demans bilan aqli pastlik kasalligini bir-biri bilan solishtirar ekanmiz, Shalchiniy, “Aqli pastlik, miyaning fiziologik tuzilishining qisqarishidan kelib chiqadi”, deydi. Boshqacha qilib aytganda, odatda keksa insonlarda kuzatiladigan demansning ta’siri raqamli demansning ta’siri bilan mutlaqo bir xil emas.

“Demans kasalligi, ayniqsa altsgeymer kasalligi yosh ulg‘ayishi bilan birga ortar ekan, raqamli demans, hatto rivojlanayotgan miyasi bor bolalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Yoshlikda elektron qurilmalardan ortiqcha foydalanish, shifokorlar va psixologlarni tashvishga solmoqda. Ijtimoiy izolyatsiya, harakatsizlik, g‘azab, qisqa muddatli xotira yo‘qolishi, rivojlanishdagi kechikishlar raqamli demansning ba’zi belgilaridir.

Raqamli demans holatiga qarshi qanday choralar ko‘rilishi mumkin?

Shalchiniyning tafsiyalari quyidagicha:

“Kelajak avlodlarga texnologiyadan oqilona foydalanishni o‘rgatish zarur. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bosma materiallarni o‘qish, o‘qiganini tushunishni oshiradi. Shu sababli o‘qish uchun planshet va smartfonlar o‘rniga jurnal, komiks va gazeta kabi bosma nashrlardan foydalanishni rag‘batlantirish kerak”.

O‘zgarish biz bilan boshlanadi

Miyaning faol va sog‘lom bo‘lishi uchun o‘yin o‘ynash va mashq qilish juda muhimdir. Shalchiniy, miyamizga yaxshi g‘amxo'rlik qilish uchun o‘ynalishi kerak bo‘lgan o‘yinlarga ham e’tibor qaratmoqda.

Unga ko‘ra, Ochiq havo sport turlari muammoni hal qilishga undaydi. Bolalarni texnologik qurilmalarda shunchaki e’tiborni kuchaytiruvchi va reaksiyaga asoslangan o‘yinlar o‘rniga, hech bo‘lmaganda fikr yuritish va muammoni hal qilishga imkon beruvchi shaxmat, skrabl, jigsa kabi o‘yinlarni o‘ynashga undash lozim. Bundan tashqari, bolalar ota-onalarning ko‘zgularidir. Nimani ko‘rsa ana shuni qiladilar, eshitganlarini emas. Ya’ni avval o‘zimiz o‘zgarishimiz shart.



Aloqador xabarlar