Bularni bilasizmi 38- qism

Dunyodagi eng muhim shumerologlardan biri turk ekanligini bilasizmi? Muazzez İlmiye Chig, 1914 yilda tug'ilgan, shumerologiya sohasida dunyoga mashhur ko'plab ilmiy tadqiqotlar egasi.

1989331
Bularni bilasizmi 38- qism

 

MUAZZEZ İLMİYE CHIG’

Dunyodagi eng muhim shumerologlardan biri turk ekanligini bilasizmi?

Muazzez İlmiye Chig, 1914 yilda tug'ilgan, shumerologiya sohasida dunyoga mashhur ko'plab ilmiy tadqiqotlar egasi.Muazzez İlmiye Chig Anadoluning boy tsivilizatsiya tarixini ochib berish maqsadida tashkil etilgan Til, Tarix-Geografiya fakulteti, Shumerologiya bo'limining ilk bitiruvchilardan biridir.  Anqara universiteti fakultetini tamomlayotib, nemis tili o‘qituvchisi unga universitetda qolishni taklif qiladi, lekin u bu taklifni qabul qilmay, Istanbul arxeologiya muzeyida ish boshlaydi.Bu qaror uning hayotida burilish nuqtasi bo'ladi. U 1973 yilda nafaqaga chiqqunga qadar Istanbul arxeologiya muzeyining mixxat yozuvlari arxivida ishlagan.U bu arxivda uch xil tilda yozilgan yetmish besh mingga yaqin lavhalarni tartibga solish ustida yillar davomida mehnat qildi. U shumer, akkad va xet tillarida yozilgan o‘n minglab lavhalarni tozalaydi, tasniflaydi va raqamlaydi hamda mixxat yozuvlari arxivini yaratadi.Mehnat faoliyati davomida u sakkizta kitob va ilmiy sohada ko‘plab maqolalar yozgan.

Ko‘plab xalqaro fan mukofotlari sohibi Muazzez İlmiye Chig o‘z tadqiqotlari bilan o‘z nomini nafaqat Turkiya, balki jahon tarixiga oltin harflar bilan yozdi.U nafaqaga chiqqanidan keyin ham o‘z faoliyatini davom ettiradi va keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘lgan ko‘plab kitoblar yozadi.  Bu kitoblarida u Shumer va Xet tarixini, ularning sivilizatsiyasi va madaniy qadriyatlarini hamma tushunadigan va sevadigan uslubda yozgan.

Dunyodagi eng uzoq umr ko'rgan odamlardan biri, 109 yoshli Muazzez İlmiye Chig Turkiyaning zamonaviy ziyolisi, ruhi doimo yosh.

 



Aloqador xabarlar