Yevroosiyo kun tartibi - 37

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

1984982
Yevroosiyo kun tartibi - 37

Oʻtgan haftada Turk Respublikalarida boʻlib oʻtgan muhim voqealarni e’tiboringizga havola qilamiz.

2023-yil 30-aprel kuni O‘zbekistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda ishtirok etganlarning 90,21 foizi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab-quvvatladi. Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, Prezidentning vakolat muddati besh yildan yetti yilgacha chiqarildi, Senat a’zolari soni esa yuzdan oltmish besh nafarga qisqartirildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 2-4-mayi kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ldi. Prezident Mirziyoyev 2-may kuni Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasida 16 ta shartnoma imzolandi. Mirziyoyev 3-may kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Tashrif doirasida boʻlib oʻtgan Germaniya-Oʻzbekiston biznes forumida 9 milliard dollarlik ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari ikki davlat fuqarolariga pasportsiz, faqatgina shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kirish va chiqish huquqini beruvchi kelishuvni tasdiqladi. Turkiya va Ozarbayjon fuqarolari ham bir-birining mamlakatiga huddi shunday tartibda sayohat qilishlari mumkin. Bu holat Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning hammasida bir-birlari fuqarolariga nisbatan yoʻlga qoʻyilsa nur ustiga nur boʻladi.

2023-yilning 4-mayi kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda boʻldi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim Joʻmart-Toqayev Ostonada tojikistonlik hamkasbi Rahmon bilan keng ko‘lamli uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida to‘qqizta shartnoma, jumladan, ittifoq shartnomasi imzolandi. Tashrif doirasida o‘tkazilgan Qozog‘iston-Tojikiston biznes forumida 1,8 milliard dollarlik shartnomalarga qoʻl qoʻyildi.

Qozog‘iston Bosh vaziri Alihan Smayilov 2023-yilning 5-mayi kuni O‘zbekistonga tashrif uyushtirdi. Poytaxt Toshkentda ikki davlat bosh vazirlari raisligida Qozog‘iston-O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik komissiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Alihan Smayilov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

Vengriya Parlamenti raisi Laslo Kover, 2023-yil 4-7-may kunlari rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ldi. Vengriya parlamenti spikeri, mo‘g‘ulistonlik kasbdoshi Zardanshatar Gombojav va Bosh vazir O‘yun-Erdene Luvsannamsray bilan uchrashdi.

Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Siyarto 4-may kuni Turkiyaga tashrif buyurdi. Piter Siyarto Vengriya brendi bo‘lgan Meditor Medical kompaniyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

2023-yilning 5-mayi kuni Eronning Marv shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Abdulmajid Kamku Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Berdiniyoz Myatiyev bilan uchrashdi. Shunday qilib, Turkmanistondagi Eronning Marv bosh konsulligiga ishlash huquqi berildi.

O‘tgan haftada Xalqaro futbol federatsiyalari FIFA prezidenti Janni Infantino, Markaziy Osiyoga uyushtirgan tashrifi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonda bo‘ldi. FIFA prezidenti ushbu mamlakat prezidentlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

2023-yilning 4-mayi kuni Istanbul Ataturk madaniyat markazida «Istanbul 2023-yil» Turk dunyosi yoshlar poytaxtining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilishda Turk Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning yoshlar va sport vazirlari hamda vazir o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Voqealardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan haftada Turk Respublikalarida muhim o‘zgarishlar yuz berdi.

 



Aloqador xabarlar