2035-yilga borib dunyo aholisining yarmi semirib ketishi mumkin

Butunjahon semirishga qarshi kurash federatsiyasi, agar hech qanday chora ko‘rilmasa unda, 2035-yilga borib dunyo aholisining yarmidan ko‘pi semirib ketishi yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

1962467
2035-yilga borib dunyo aholisining yarmi semirib ketishi mumkin

“Salomatlikka putur yetkazadigan darajada organizmda ortiqcha yog‘ to‘planishi” deb ta’riflangan semizlik, salomatlik jihatidan bugungi kunning eng katta muammolaridan biridir.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq inson ortiqcha vaznli yoki semiz deb hisoblanadi. Ularning 650 millioni kattalar, 340 millioni yoshlar va 39 millioni bolalardan iboratdir. Har 7 erkakdan 1 nafari va har 5 ayoldan 1 nafari semirishga qarshi kurashmoqda.

Semirib ketganlar soni kundan-kunga ortib borar ekan, Butunjahon semirishga qarshi kurash federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2035-yilda ortiqcha vazn va semirish bilan kurashayotgan insonlar soni 4 milliarddan oshadi.

AQSh, Xitoy, Braziliya, Hindiston va Rossiyada kuzatilgan semirish holatlari, dunyodagi barcha holatlarning uchdan bir qismini tashkil etmoqda.

Yurak, buyrak, jigar va reproduktiv organlarga ta’sir ko‘rsatadigan ortiqcha vazn diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, insult va turli xil saraton turlarini keltirib chiqarishi bilan hayotga tahdid solmoqda.

Ayollar orasida semirish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat, bu Tonga mamlakati

Semirib ketish, ayollarda ko‘proq uchramoqda.

Ayollarda semirish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat 82,8 foiz bilan Tinch okeanining janubiy qismidagi orollar hududida joylashgan Tonga hisoblanadi.

Bundan tashqari Quvayt, Misr va Liviya bilan Sharqiy O‘rta yer dengizi ayollarda semirish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida.

Yevropada esa Ruminiya, Gretsiya, Latviya va Portugaliya ayollar orasida bu nisbat yuqori deb qayd etilgan asosiy mamlakatlar sifatida qaralmoqda.

Turkiyada esa ortiqcha vazn yoki semizlik bilan kurashayotgan ayollarning nisbati 30,3 foizni tashkil etadi.

Kam rivojlangan mamlakatlarda semizlik darajasida jadal tusda ortish kuzatilmoqda

O‘tmishda faqatgina yuqori daromadli mamlakatlarda uchraydigan va sog‘liq-salomatlik muammolaridan biri bo‘lgan semizlik, bugungi kunga kelib, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda ham ortib bormoqda.

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yaqin yillarda semirish nisbati keskin o‘sadigan 10 mamlakatdan 9 tasi Osiyo va Afrikadagi rivojlanmagan davlatlarda qayd etiladi.

Xalqaro hamjamiyat bu davlatlarning mazkur kasallik ka qarshi kurashda yetarli emasligiga e’tibor qaratmoqda.

Butunjahon semirishga qarshi kurash federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, semirishga qarshi kurashishning bir yillik xarajati 2035-yilga kelib 4 trillion dollardan oshadi.

 



Aloqador xabarlar