Raqamli olam xavfsizligi

Dasturimizning bu galgi sonida “Meta” (Facebook) tomonidan “Habitat uyushmasi” hamkorligida amalga oshirilgan “Nazorat mening qo‘limda” deb nomlangan loyiha asosida raqamli olam xavfsizligi haqida so‘z qilamiz.

1936546
Raqamli olam xavfsizligi

Bugungi kunda keng tarqagan raqamli olamda ijtimoiy tarmoqdagi hisoblarimiz va shaxsiy ma’lumotlarimiz xavfsizligi masalasi muhim o‘ringa ega.

Chunki har kuni, atrofimizdagi kamida bir kishining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi xavfsizligini himoya qilishda qiynalayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Shunday ekan, bu borada qanday choralar ko‘rishimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi hisoblarimiz bilan shaxsiy ma’lumotlarimiz xavfsizligi haqida nimalarga e’tibor berishimiz lozim degan savol tug‘ilishi tabiiy.

 

Raqamli transformatsiya

Raqamli transformatsiya - bu sanoat 2.0 bilan hayotimizga kirdi va hali ham davom etayotgan jarayondir. Elektr energiyasi bilan boshlagan bu jarayon sanoat 3.0 va sanoat 4.0 bilan ko‘plab sohaga moslashtirildi.

 

Raqamli olamda salomatligimizni himoya qilish uchun nimalarga e’tibor berishimiz darkor?

• Sportzalga qatnamoq

• Meditatsiya qilmoq

• Kitoblar o‘qimoq

• Uy hayvonlarini quchoqlamoq

• Kundalik tutmoq

• O‘zingiz yoqtirgan qo‘shiqlardan tinglashni kanda qilmang albatta.

 

Hayotimizga raqamli texnologiya bilan birgalikda kirib kelgan odatlarimizni to‘g‘ri shakllantirish uchun qanday yo‘llar tutish lozim?

• Diqqatni jamlash uchun sukunatni saqlang

• O‘zingizga “Texnik tanaffus” e’lon qiling

• Vaqtni boshqarishni o‘rganing

• Yana-da yaxshiroq dam olishga, uhlashga harakat qiling

• Ko‘z salomatligiga g‘amxo‘rlik qiling

 

Raqamli muhitda axborotni qanday tekshirish lozim?

• Kontentning to‘g‘riligini kamida 3 ta manbadan tekshirish kerak

• Agar bo‘lsa unda tegishli fotosurat yoki videolavhalarning ko‘rib chiqilishi va uning kontent matniga mos kelib - kelmasligini tekshirish kerak

• Uni bo‘lishishdan oldin qanday natijalar tug‘dirishi mumkinligi oldindan hisob – kitob qilinishi muhim

 

Onlayn muhitda ma’lumotlarga xavfsiz ravishda erishish uchun nimalar qilinishi mumkin?

• Asl manbani toping

• Manbani tasdiqlang

• Faqatgina bitta manbaga tayanmang

• Ma’lumotni tasdiqlovchi manbalarni tekshiring

• Ishonchli joylarni ko‘rib chiqing

 

Raqamli muhitda xavfsiz parol boyicha muhim tavsiyalar:

• Buning uchun kamida bitta ishorat yoki ramz bo‘lishi kerak

• Kamida bitta katta va kichik harf bolishiga e’tibor bering

• Kamida 7 ta belgidan iborat bo‘lishi zarur

• Yodingizda oson qolishi darkor

• Ko‘pchilik tomonidan foydalanilgan so‘z yoki ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringiz shu jumladan tavallud kuningiz, yilingiz yoki ota – onangiz ismi shariflari kabi ma’lumotlardan uzoq turing.

• Turli internet saytlari uchun bir xil paroldan foydalanmang.

 

Ota-onalar ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot bo‘lishishdan oldin nimalarga alohida e’tibor berishi shart?

• Umumiy kontent maxfiylikni buzmasligi kerak!

• Ba’zi kontentlar sizda qolishi va bo‘lishilmasligi maqulroq!

• Suiiste’mollikka olib kelishi mumkin bo‘lgan kontentlar bo‘lishmaslik o‘zimizga foyda!

• Shaxsiy hayotning daxlsizligi buzilmasligi zarur!

• Bolalarning raqamli muhitda qoldirgan izlari kelajakda muammo tug‘dirmasligi judayam muhimdir’

 

 



Aloqador xabarlar