Astrofizik Umut Yildiz: Oyga koʻchib oʻtishimizga oz qoldi
Insonning Oyga oxirgi parvozidan roppa-rosa 50 yil o‘tib, NASA Oy dasturi Artemis loyihasini boshlatdi.
Insonning Oyga oxirgi parvozidan roppa-rosa 50 yil o‘tib, NASA Oy dasturi Artemis loyihasini boshlatdi. NASA tarkibida faoliyat yuritgan Umut Yildiz, Artemis dasturi va Oyga ko‘chib o‘tish haqida batafsil ma’lumot bo‘lsihdi.
***
Amerikaning kosmik tadqiqotlar markazi NASA, insonning takror Oyga parvoz qilishi va Oyda hayot surish imkoni topish uchun mehnat qilmoqda.
NASAda faoliyat yurituvchi astrofizik Umut Yildiz TRT Haber kanaliga bergan intervyusida, bir necha hafta oldin boshlagan va “Artemis” deb nomlangan Oyga borish loyihasi haqida gapirdi.
Insonlarning Oyda yashovchi vaqtini intiqlik bilan kutayotganliklarini bildirgan Yildiz, hozirda bu imkonni qo‘lga kiritish judayam yaqin ekanini ifoda etdi.
“Avvalom bor Oy atrofidan aylanib o‘tiladi”.
Birinchi loyiha asosida Oyga qadar borib, Oy ortidan Yerga qaytish ekani va nomi tilga olingan loyihaning 25 kun davom etishini ifoda etgan Yildiz, “Bundan maqsad, faqatgina u yerdagi insonlarni tashuvchi kapsula Yerga qaytib kelganida ularni quruqlikka xavfsiz qondira oladimi degan savolga javob topishdir”. – dedi.
Amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ikkinchi vazifaning esa Oyga avvalom bor haqiqiy astronavtlarning borishi va Oyga yaqinlashganida ularning Oy atrofidan aylanibgina qaytishlarini bildirgan Yildiz, “Bu ham muvaffaqiyatli natija bergudek bo‘lsa unda 2025-yili takror Oyga qaytishlarga guvoh bo‘lamiz”. – dedi.
***
Birinchi loyiha “Artemis 1” doirasida radiatsiyalar o‘lchab olinib, astronavtlar kiyadigan kiyimlar sinab ko‘riladi.
Yildiz, kosmosdagi radiatsiya miqdorini aniqlash mavzusi haqida shunday dedi:
“Hozirgi Artemis-1 loyihasining Orion kapsulasida 3 ta qoʻgʻirchoq bor. Ulardan birining ustida barcha kiyim-kechaklar mavjud, ikkinchisining ustida radiatsiya kiyimlari bor, uchinchisi ustida esa hech qanday kiyim-kechak yo‘q. Har biriga datchiklar o‘rnatildi. Ular haqiqiy astronavtlar, kosmosga qonganida olish ehtimoli bo‘lgan radiatsiya miqdorini aniqlash uchun dizayn qilindi”.
“Oy missiyalari yana ko‘p davom etadi”
NASA tomonidan bundan keyin rejalashtirilgan Oy missiyalari ancha uzoq davom etadi.
Bu loyiha ortidan koloniya dasturi bo‘lishini ta’kidlagan Yildiz, “Ushbu koloniya dasturi orqali Oy atrofida bir stansiya quriladi va unga dunyodan insonlar boradi. Ular bir muddat ana shu stansiyada turib, keyin Oyga borib qonadilar”.-dedi.
“Yakuniy maqsad - Yerdan chiqib ketishdir”
Xo‘sh, maqsad Oydan keyin borib Marsga joylashishmi?
Yakuniy maqsad Yerdan chiqib ketish bo‘lishi mumkinligini qayd etgan Yildiz, hammaning turli sayyoraga ko‘chib o‘tishi shart emasligini ta’kidladi.
Yildiz, boshqa sayyoralarda ham tadqiqot markazlari bo‘lishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.