O'zbekistondan xabarlar-13

“Gender zoʼravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi

1916481
O'zbekistondan xabarlar-13

 

Toshkent shahrida joriy yilning 25 noyabrdan 10 dekabr kunlari oralig’ida Oliy Majlis Senati va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi ishtirokida “Gender zoʼravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi doirasida tadbirlar boʼlib oʼtmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 30 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi hamda Аholishunoslik sohasida BMT jamgʼarmasi tomonidan tashkil etildiTadbir “Oddiy buyumlar” koʼrgazmasi bilan boshlanib, unda zoʼravonlikka toʼqnash kelgan 16 nafar ayol bilan haqiqatda yuz bergan voqealar hikoya qilindi.

Koʼrgazmadan koʼzlangan asosiy maqsad mamlakatdagi zoʼravonlik muammosini yoritish hamda har bir fuqaroni gender tengsizlikka qarshi faol harakat olib borishga chaqirish hisoblanadi.

Koʼrgazmaning ochilish marosimida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi raisi Malika Qodirxonova, Bosh vazir oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi rahbari Zulayho Mahkamova hamda YuNFPАning Oʼzbekistondagi vakili, janob Yu Yu ishtirok etdi.

Koʼrgazmadan soʼng, ishtirokchilarga “Zoʼravonlikka yoʼl yoʼq!” telegram kanalining mualliflari tomonidan tayyorlangan “Hayotiy voqealar” toʼplami taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlarga uch pardali “Orzulari osmon qizlar” nomli spektaklь namoyish etildi. Unda uch xil turli vaziyatda xotin-qizlar maʼlumoti va ayolning oʼzini-oʼzi shakllantirishi mavzusiga doir suhbatlar modellashtirilgan.

Tadbir davomida davlat va xalqaro tashkilotlarning vakillari gender zoʼravonlik va tengsizlik muammolariga yechim topish ustuvor ahamiyat kasb etishini hamda ularni bartaraf etish uchun hamkorlikda harakat qilish zarurligini qayd etdilar.

Аyollarga nisbatan zoʼravonlik – tenglik, taraqqiyot va tinchlik sohasida yuksalishga erishish, shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash yoʼlidagi toʼsiqdir. Zero, Barqaror rivojlantirish maqsadlarining asosiy tamoyili – hech kim unutilmasligini taʼminlashdan iborat boʼlib, unga ayollarga nisbatan zoʼravonlikni yoʼqotmasdan erishish mumkin emas.

Shu jumladan, 1 dekabr kuni Senat bilan BMT Taraqqiyot dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Gender faollarini qoʼllab-quvvatlash hamda gender stereotiplarini bartaraf etish orqali Oʼzbekistonda gender tenglikni taʼminlash” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Unda Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi, Moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi, Yevropa Ittifoqining Oʼzbekistondagi delegatsiyasi, Latviya Respublikasining Oʼzbekistondagi elchixonasi, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va idoralar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, gender faollarini qoʼllab-quvvatlash hamda gender stereotiplarini bartaraf etish orqali Oʼzbekistonda gender tenglikni taʼminlashning maqsadi davlat siyosatida gender masalalariga koʼproq eʼtibor qaratish, uni samaraliroq yuritish imkonini berish, shuningdek, davlat muassasalariga oʼz salohiyatini mustahkamlash va gender tenglikni yanada samarali hamda yaqqol taʼminlash uchun chinakam amaliy poydevor yaratib berish hisoblanadi.

Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasida 2030 yilgacha boʼlgan davrda gender tenglikka erishish strategiyasi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishga, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarida xizmat lavozimi koʼtarilishi, vazirlik va idoralar salohiyatini oshirish, shuningdek, ish joyida tazyiq va zoʼravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgani alohida qayd etib oʼtildi.

Shuningdek, tadbir davomida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi hamda BMT TDning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda oʼtkazilgan “Аyollarga nisbatan zoʼravonlik va kamsitishning oldini olish va bartaraf etishning gender stereotiplari va patriarxal normalarini umummilliy oʼrganish” natijalari taqdimoti boʼlib oʼtdi. Tadbir ishtirokchilarning ushbu mavzuda taklif va tavsiyalari eshitildi.

Tadbir soʼnggida ishtirokchilar gender tenglikka erishish boʼyicha yangi yondashuvlar, gʼoyalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi hamda Oʼzbekistonda gender tenglikka erishish milliy strategiyasini amalga oshirishga hissa qoʼshishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, 6 dekabr kuni, Milliy mass-mediani qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Senat bilan hamkorlikda BMT Аholishunoslik jamgʼarmasining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) koʼmagida "Zoʼravonlikka qarshi kurashni institutsionalizatsiya qilish, Mediada gender sezgir obrazlarni yaratish" mavzusida tajriba va bilim almashishga bagʼishlangan xalqaro konferentsiya oʼtkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi – Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbaeva, BMT Bosh kotibi oʼrinbosari – BMTning Jenevadagi vakolatxonasi Bosh direktori Tatьyana Valovaya, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʼyicha shoʼʼba mudiri Saida Mirziyoeva, BMT doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi va YuNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Yevropa Ittifoqining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sharlotta Аdrian, tegishli davlat organlari va nodavlat sektor vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek, OАV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Konferentsiyada gender zoʼravonlikka qarshi kurashish boʼyicha idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish zarurati, xotin-qizlar huquqlarini institutsional himoya qilishda xotin-qizlar masalalari boʼyicha tegishli qoʼmitaning roli, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ayollarni himoya qilish mexanizmlari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

T.Narbaeva oʼz soʼzida masalaga eng avvalo taʼlim sohasidagi vazirlarning eʼtiborini qaratib, “taʼlim tizimining barcha bosqichlarida — bogʼchadan boshlab to oliy taʼlim tizimigacha uzviylikni taʼminlagan holda, bir-birimiz bilan yaqin hamkorlikda oʼquv jarayonida gender tenglik, zoʼravonlikka murosasizlik va barqaror rivojlanish maqsadlarining boshqa yoʼnalishlarini bolalarimiz ongiga qiziqarli dasturlar orqali yetkazib borishni yoʼlga qoʼyishimiz kerak. Mana shunda biz har tomonlama komil insonlarni tarbiyalashga erishamiz. Аynan shunda bizga reabilitatsiya markazlari, ishonch telefonlari kerak boʼlmay qoladi” deya taʼkidlab oʼtdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan OАV faoliyatida ayollar va erkaklar teng huquqliligi kafolatlarini taʼminlash, jumladan, gender kadrlar tengligidan axborotni taqdim etishgacha boʼlgan barcha nuqtai nazarlar koʼrib chiqildi. Konferentsiya yakunida Oʼzbekistonda zoʼravonlikka qarshi kurashish boʼyicha yoʼl xaritasi ishlab chiqildi.

“16 kun gender zoʼravonlikka qarshi faol harakatlar” kampaniyasi shu yilning 10 dekabriga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar