Semirishning oldini olish imkoni bor

Alohida kasallik deb hisoblangan “Semizlik”, organizmda yog‘ to‘qimasining ortiqcha yig‘ilishidan paydo bo‘ladi.

1914135
Semirishning oldini olish imkoni bor

Oziq-ovqat orqali olingan energiya sarflangan energiyadan ortiqcha bo‘lsa unda u, yog‘ga aylanib, semirishga yo‘l ochadi.

“Kasallik” deb hisoblangan va organizmdagi yog‘ to‘planishining eng qisqa ta’rifi bo‘lgan semirishning oldini olish imkoni bor. Bu imkon, kasalliklar orasida chekishdan keyingi ikkinchi o‘rinda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2018-yildagi Yevropa sog‘liqni saqlash hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra Turkiya, Yevropaning eng semiz davlatlaridan biridir. Bu borada dunyoda 4-o‘rinni egallagan Turkiyada, har uch kishidan birining semirib ketgani taxmin qilinmoqda.

Dunyoda qariyb 2 milliard inson ortiqcha vaznga ega. Ulardan 650 millioni esa semirib ketganlar qatorida. Har yili faqatgina Yevropaning o‘zida 1 milliondan ortiq o‘limga sabab bo‘ladigan darajadagi semizlik, 2025 - yilga borib, har besh kishidan birida uchrashi kutilmoqda.

Yo‘l ochgan kasalliklari bilan birga davolanish uchun ajratilgan xarajatlari jihatidan ham keng o‘rinni egallagan semizlik, oxirgi 42 yil ichida kamida 10 barobarga oshdi. Rivojlanayotgan texnologiya bilan birga harakatlarning kamayishi va ovqatlanish an’anasining jadal o‘zgarishi asosida energiya olishning kuchayishi, semizlikning eng buyuk sabablaridan biridir.

Semirib ketish, mutaxassis shifokorlar tomonidan; yurak-qon tomir kasalliklari, nafas olish tizimi kasalliklari, gipertoniya, saraton, diabet, tayanch-harakat tizimi kasalliklari kabi ko‘plab muammolarni tug‘diruvchisi sifatida qaralmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, semizlik Yevropada 2-toifagi diabetning 80 foizi, yurak-qon tomir kasalliklarining 35 foizi va gipertoniyaning 55 foizini kelib chiqarishi mumkun.

Mutaxassis nazoratidan yirok ovqatlanish yoki mashqlar, semizlik uchun yechim emas, balki turli xil sog‘liq muammolarini keltirib chaqiradi.

Turkiyada kundan-kunga ortib borayotgan semizlikni davolash uchun mutaxassis shifokorlar, dietologlar, psixologlar va fizioterapevtlar ishtirokida reja tuzilib, yo‘lga qo‘yilishi zarur.



Aloqador xabarlar