Raqamli asrda virtual dunyo tili
Raqamli asrda bola tarbiyalayotgan ota-onalar bu so‘zlarni qanday o‘rgana oladilar? Raqamli tushunchalardan boxabar bo‘lishlik, oilalar hayotiga qanday qulayliklar beradi?
Loot qilishlik, level ko‘tarish, dayrektdan xabar yuborish... Bu terminlar yangi avlod hayotiga virtual dunyodan kirgan so‘zlardan ba’zilari. Xo‘sh, ota-onalar bolalari foydalangan shu va shunga o‘xshash terminlardan qanchasining ma’nosini biladi? Raqamli asrda bola tarbiyalayotgan ota-onalar bu terminlarni qanday o‘rgana oladilar? Raqmali terminlarni o‘zlashtirish oilalar hayotiga qanday qulaylik yoki foyda olib keladi?
Internet keng tarqab, virtual dunyo kun o‘tgan sari hayotimiz ichiga shung‘ib kirmoqda.
Bu vaziyat o‘zi bilan birga yangi aloqa tilini ham olib kelmoqda.
Yangi avlod raqamli asrda loot qilmoqda, level ko‘tarmoqda, o‘rtoqlari bilan dayrektdan xabarlashmoqda kabi virtual olam tilidan foydalanmoqda.
Yangi avlod tomonidan virtual olamdan olingan ushbu terminlar ota-onalarga g‘alati yoki tushunarsiz kelishi mumkin.
Ota-onalarga bu so‘zlarning ma’nosi haqida so‘raganimizda, “Bu so‘z menga notanish, eshitmadim”, yoki “Bu so‘zni birinchi marta eshitdim”, kabi javoblar berganlari ham bo‘ldi.
Yoshlar bilan kattalar o‘rtasidagi yosh farqi qanchalik uzoq bo‘lsa, virtual dunyo tildan ham ana shunchalik uzoq qolinmoqda. Darhaqiqat, ba’zi ota-onalar bolalari virtual dunyoda qanday veb-saytlardan foydalanayotganidan ham bexabar. Facebook, Instagram, Twitter haqida hech qachon eshitmagani haqida gapirgan ota-onalar ham bor.
Ota-onalar bolalarining virtual olamdagi xatti-harakatlarini kuzata olishlari uchun ular foydalangan tilni puxta egallashlari tavsiya etilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq va raqamli dunyo xavfsizligi bo‘yicha tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari doktor Levent Emmungil oilalarga murojaat qilib:
“Raqamli asrda bolalar foydalangan tilni ulardan o‘rganishimiz mumkin. Bu tilni ular bilan birgalikda o‘rganish, ularni qanchalik qadrlashimizni ko‘rsatibgina qolmay, shu bilan birga bizni, ular yonida ekanimizni ham his qildiradi”.
Xo‘sh, bolalar foydalangan tushunchalarni o‘zlashtirish oilalarga nima baxsh etadi yoki oila hayotiga qanday hissa qo‘shadi?
Doktor Levent Emmungil, “Nima uchun o‘rganishimiz kerak?” degan savolga, “Bolalarimiz bilan yaxshi muloqotda bo‘lishimiz uchun bu zarur. Chunki, ular olamidan uzoqlashmaslik uchun ular hayotini o‘rganishga, boxabar bo‘lishga majburmiz”, deb javob berdi.
Mutahassislarning qayd etishicha bu aloqa, ayni vaqtda, oila ichidagi munosabatni ham mustahkamlaydi.