Bugun Türkiye Respublikasi tashkil topganiga 99 yil to‘ldi

Türkiye Respublikasi bundan roppa-rosa 99 yil muqaddam, 1923-yilning 29-oktabri kuni to‘p otishlari va katta xursandchilik bilan butun dunyoga e’lon qilindi.

1899037
Bugun Türkiye Respublikasi tashkil topganiga 99 yil to‘ldi

Bugun Türkiye Respublikasining tavallud ayyomi nishonlamoqda. Bundan roppa-rosa 99 yil muqaddam, 1923-yilning 29-oktabri kuni to‘p otishlari va katta xursandchilik bilan butun dunyoga e’lon qilingan Türkiye Respublikasi tashkil topdi. O‘smon imperiyasining Birinchi Jahon urushida mag‘lubiyatga uchrashi va mamlakat tuproqlarining g‘alaba qozongan davlatlar tomonidan talon-taroj etilishi, mamlakatda katta tashvish uyg‘otdi. Shunda, milliy qahramonlar sifatida tashkil etilgan va Mustafa Kemal Ataturk yetakchiligida birlashgan Milliy kuchlar, ozodlik kurashini boshlatdi. “Aholi sonining ko‘pchiligi turk millatiga mansub kishilar istiqomat qilgan mintaqalar, Turk chegarasi sifatida qolishi kerak”,-degan fikr bilan boshlatilgan kurash natijasida, 1922-yilning 30-avgusti kuni Bosh qo‘mondonlik maydon kurashida g‘alabaga erishildi va ishg‘olchi kuchlar bugungi kundagi Türkiye tuproqlaridan haydaldi. Tinchlik muzokaralari yordamida bosib olingan Istanbulning qutqarilishi, ortidan Lozanna tinchlik shartnomasi bilan O‘smon imperiyasi tarix sahifalaridan o‘chirilar ekan, yapyangi Türkiye Respublikasi tarix sahifalaridan o‘z o‘rnini oldi. 1923-yilning 29-oktabriga qadar davom etgan muzokaralardan keyin, Respublika e’loni va Anqaraning poytaxtga aylanishi butun dunyoga ovoza qilindi. Shunday ekan Respublikamizning tashkil topishini nishonlagan ushbu muazzam kunda, Mustafa Kemal Ataturk va Milliy kurashimizning qahramonlarini hurmat va rahmat ila yodga olamiz.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar