O‘zbekistondan xabarlar - 07
Oʻzbekistonda birinchi marotaba MDH Parlamentlararo assambleyasining kuzgi sessiyasi oʻtkazilmoqda.
Shu yilning 27 - 28 oktabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining kuzgi sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Unda MDH Parlamentlararo assambleyasiga aʼzo mamlakatlar parlament delegatsiyalari ishtirok etadi.
Shuningdek, mazkur sessiyada MDH Yoshlar parlamentlararo assambleyasi doirasida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
27 - oktabr kuni Samarqandda dastlab Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport boʻyicha, qishloq xoʻjaligi siyosati, tabiiy resurslar va ekologiya boʻyicha, hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha 3 ta doimiy komissiyalarining majlislari boʻlib oʻtadi.
28 - oktabr kuni MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining 54-yalpi majlisi boʻlib oʻtadi.
Parlament aʼzolari saylov, referendum va ularni kuzatish toʻgʻrisidagi namunaviy qonunlarning katta blokini koʻrib chiqishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, deputatlar va senatorlarga bir qator boshqa qonun loyihalari ham hamdoʻstlik davlatlari keyinchalik milliy qonunchilikda foydalanishlari uchun kiritiladi.
Shuningdek, Samarqand shahrida 25 oktabr kuni MDH PА va Аloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʻstlik Ekspertlar kengashining 24-majlisi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida saylovlarni raqamlashtirish, raqamli savdoni rivojlantirish, umuman raqamli iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Majlisni Ekspertlar kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov olib bordi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti Maʼmuriy qonunchilik va jarayonlar boʻlimi bosh ilmiy xodimi Lyudmila Tereshenko hamkasblari eʼtiborini raqamli iqtisodiyot sohasida huquqiy tartibga solishning dolzarb yoʻnalishlariga qaratdi.
Ekspertlar kengashi majlisida elektron ovoz berish texnologiyalarini qoʻllash toʻgʻrisida MDH PА Kengashi kotibiyati rahbari oʻrinbosari – MDH PА Demokratiya rivojlanishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori Ivan Mushket va MDH PА va AMH Ekspertlar kengashi aʼzosi, “UNICON.UZ” DUK direktori Maxsum Maxmudov soʻzlab berdi.
MDH Parlamentlararo Аssambleyasi huzuridagi Iqtisodiyot boʻyicha ekspert kengashining elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha takliflari ham koʻrib chiqildi.
Majlis ishtirokchilari kelgusida Hamdoʻstlik mamlakatlari milliy parlamentlariga taklif etiladigan namunaviy qonunlarni yaratish boʻyicha MDH Parlamentlararo Аssambleyasining jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida olib borayotgan ishlari bilan tanishdi.
Jamiyatni raqamli rivojlantirishning huquqiy jihatlari 2022-yil 2-dekabr kuni MDH PА qarorgohida, Sankt-Peterburgdagi Tavriya saroyida boʻlib oʻtadigan xalqaro konferentsiyaning asosiy masalasi boʻladi. Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Ekspertlar kengashi majlisida konferentsiyaga tayyorgarlik ham muhokama qilinadi.
MDH PА va Аloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʻstlik Ekspertlar kengashi MDH mamlakatlarida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi milliy huquqiy tizimlarni uygʻunlashtirishga koʻmaklashuvchi namunaviy qonunlarni ishlab chiqishda ikki tuzilmaning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.
Аloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʻstlik elektr (telefon, telegraf aloqasi, televizion, radio va simli eshittirish) va pochta aloqasi sohasidagi hamkorlik va kelishilgan harakatlar uchun MDH davlatlarining tegishli vazirliklarini birlashtiradi.
Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan MDH Parlamentlararo assambleyasining kuzgi sessiyasi Ekspertlar kengashi majlisi bilan ochib berildi.
27-28 oktabr kunlari Samarqand shahrida MDH PА Kengashi majlisi va MDH PА 54-yalpi majlisi, shuningdek, Аssambleya va MDH Yoshlar Parlamentlararo Аssambleyasi doimiy komissiyalarining majlislari boʻlib oʻtadi.
Tadbirlarda MDH PАga kiradigan mamlakatlar parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va aʼzolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etadi.