Samoda yulduzlar o‘rniga sun’iy yo‘ldoshlarga ko‘zimiz tushadigandek

Uzoq masofali sun’iy yo‘ldoshlar muammo bo‘lmasa-da, ayniqsa, internet kabi xizmatlar uchun joylashtirilgan yerga yaqin sun’iy yo‘ldoshlar, ilmiy kuzatishlar va astrofotografiya uchun muammo tug‘dira boshladi.

1893727
Samoda yulduzlar o‘rniga sun’iy yo‘ldoshlarga ko‘zimiz tushadigandek

Dunyo aholisi soni va tez sur’atda kengayib borayotgan gavjum shaharlarda paydo bo‘layotgan muammolardan yana biri yorug‘likning ifloslanishidir. Chunki, yorug‘lik ifloslanishi oqibatida osmonning asosiy rangi o‘zgaradi. Ya’ni, asosiy yorug‘lik ortadi. Buning natijasida, ayniqsa yirik shaharlarda yashovchilar kechasi samoda judayam porloq yulduzlar, yulduz turkumlari, yaqin atrofdagi bir nechta sayyora va Oydan tashqari hech qanday jismni uchrata olmaydı.

Bunday holda, metropollarda Somon yo‘lini ko‘rish endi hayolga aylandi. Ayniqsa, sun’iy yo‘ldosh texnologiyasining rivojlanishi va davlat idoralaridan tashqari xususiy sektorlarning ham bu tarmoqqa kirishi yangi muammoni paydo qildi. U ham bo‘lsa sun’iy yo‘ldoshning ifloslanishidir.

Sputnik 1 dan hozirgi kungacha

Bugungi kunga qadar dunyo atrofiga yuborilgan sun’iy yo‘ldoshlar soni 11 mingdan, orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar soni esa 7 mingdan oshdi.

Ushbu sun’iy yo‘ldoshlardan faol bo‘lganlar soni 4 mingtani tashkil etadi. Qolganlari esa yo hurda sifatida tushirilishni kutmoqda yoki kosmik axlat sifatida tashlab qo‘yildi.

Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi (SSSR) 1957 - yili birinchi Sputnik 1 sun’iy yo‘ldoshini uchirganidan beri ilmiy tadqiqot, meteorologiya, aloqa va harbiy maqsadlarda koinotga minglab sun’iy yo‘ldosh yuborildi. Hozirning o‘zida AQShda 2 ming 27, Xitoyda 224, Buyuk Britaniyada 129, Rossiyada 83 va Yaponiyada 82 sun’iy yo‘ldosh bor.

Asteroidlarni kuzatish va suratga olish

Sun’iy yo‘ldoshlar ta’sirida eng ko‘p qolgan ikkita soha aniqlandi. Ulardan biri asteroid kuzatuvlari va osmonni suratga olish. Ayniqsa, osmonni kuzatishga qiziqqan insonlar, yerga yaqin sun’iy yo‘ldoshlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Ehtiyotkorlik sifatida sun’iy yo‘ldoshlarning uchib o‘tish vaqtlarini ko‘rsatgan dasturlar, veb-saytlar va mobil ilovalar mavjud lekin ular muammoni butunlay hal qila olmaydı. Chunki, sun’iy yo‘ldoshlar soni jadal ravishda ko‘payib bormoqda. Elon Maskning “Starlink” loyihasidan maqsad, Yerdagi internet yetkazib berish mushkul bo‘lgan hududlarni, fazodan yuqori tezlikda internet xizmati bilan ta’minlashdir. Buning uchun esa, ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlar past orbitada uchishi kerak.

Kuzatuvlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi:

Yaqin masofadagi sun’iy yo‘ldoshlar, ilmiy kuzatishlarga ham salbiy jihatdan ta’sir qilmoqda. Osmon, ulkan teleskoplar orqali kuzatilmoqda. Bugungi kunda, huddi shu maqsadda Türkiye ham mamlakatning Erzurum viloyatida 4 metrlik teleskop insho etmoqda. Teleskop orqali osmonni kuzatish faoliyatlarining bir qismi, asteroidlar bilan bog‘liq. Yerga yaqin joylashgan kichik asteroidlar dunyoning turli nuqtalarida, ayniqsa quyosh chiqishidan oldin tekshiriladi va ularning orbitalari hisoblab chiqiladi.

Asteroidning yerga yaqin nuqtadan o‘tib - o‘tmasligi yoki urilib - urilmasligi, shu kuzatishlar orqali anglashilmoqda. Biroq, yerga yaqin sun’iy yo‘ldoshlar bu kuzatishlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. AQShning NASA koinot agentligi  Sayyoraviy Mudofaa koordinatsiya ofisini shu maqsadda (PDC0) tashkil etdi.

Mazkur muammolarni xalqaro miqyosda hal qilish uchun yechim izlash ishlari davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar