Yevrosiyo kun tartibi - 07

Dasturimizning bugungi sonida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga bo‘lgan tashrifi haqida so‘z qilamiz.

1892030
Yevrosiyo kun tartibi - 07

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 3-4-oktabr kunlari javob tariqasida Vengriyaga tashrif uyushtirdi. Eslatib o‘tamiz, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 2021-yil 29-31-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan va mazkur tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar strategik darajaga ko‘tarilgan edi.

Joriy yilning 4-oktabri kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevni, Budapesht shahrida, Vengriya Prezidenti Katalina Novak rasmiy marosim bilan kutib oldi. Vengriya va O‘zbekiston Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarga doir turli masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Prezident Mirziyoyev vengriyalik hamkasbini O‘zbekistonga taklif qildi.

Huddi shu kuni Prezident Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasida 15 ta shartnoma imzolandi. Tomonlar o‘rtasida O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Prezident Mirziyoyev tashrifi doirasida Vengriyaning taniqli ishbilarmonlari va bankirlari bilan ham uchrashdi. Oʻzbekiston tomoni vengriyalik investorlar uchun alohida erkin iqtisodiy zona tashkil etishga tayyorligini bildirdilar.

Tashrifning ilk kuni ya’ni, 3-oktabrda, Budapeshtda ikki davlat vazirlari ishtirokida Vengriya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida 1 milliard dollarlik hamkorlik shartnomalari imzolangani maʼlum qilindi. Vengriya va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazish niyatida. O‘tgan yili ikki davlatning qo‘shma tovar ayirboshlash hajmi 114 million dollarni tashkil etgandi.

Vengriya tashqi va savdo vaziri Peter Siyarto 2022-yil 4-may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Serdar Umurzoqov va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi. Vengriya tomonidan O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo respublikalari bilan hukumatlararo komissiya majlislari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shu bois Vengriyaning mintaqa davlatlari bilan aloqalari izchil rivoj topmoqda.

Budapeshtda O‘zbekiston va Vengriya qo‘shma investitsiya fondini tashkil etishga kelishib olindi. Bunday investitsiya fondlari, munosabatlarni jadal rivojlantirish va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni oshirish nuqtai nazaridan samaralidir.

Mirziyoyevning Budapeshtga tashrifi chogʻida Vengriyaning “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasida oʻzbekistonlik talabalar uchun ajratilgan stipendiya kvotalari soni 170 taga chiqarilgani maʼlum qilindi. Mirziyoyevning tashrifi chogʻida Vengriya-Oʻzbekiston munosabatlarini taʼlim va fan sohalarida mustahkamlovchi yangi shartnomalar imzolandi.

Vengriya Bosh vaziri Orban, Prezident Mirziyoyev bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida, 2022-yilning 11-noyabri kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Turk Davlatlari Tashkiloti sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. Vengriya, Turk Davlatlari Tashkiloti faoliyatlarida faol ishtirok etmoqda. O‘zlarini, qipchoq turklarining avlodi deb bilgan Vengriyaning tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lishi Turk Davlatlari Tashkiloti kuchiga – kuch qo‘shadi.

O‘zaro xayrixohlik va sa’y-harakatlar tufayli O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi fan-texnika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, savdo va iqtisodiyot kabi sohalardagi hamkorlik yaxshi bosqichga ko‘tarildi. Prezident Mirziyoyevning tashrifi, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

 



Aloqador xabarlar