Turkiyada hamsi balig’i alohida ahamiyatga ega ekanligini bilasizmi?

Bularni bilasizmi-04

1884518
Turkiyada hamsi balig’i alohida ahamiyatga ega ekanligini bilasizmi?

 

Dunyoning ko'plab davlatlarida tanilgan o’ziga xos baliq turi hamsi Turkiyaning Qora dengiz mintaqasida o’ta mashhur. Hamsi Turkiyada Qora dengiz deyilganda birinchi o'rinda turadi va Qora dengiz aholisi uchun voz kechilmas oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Garchi u butun dunyo bo'ylab ovlansa-da, u Qora dengizdagi kabi mahalliy xalqning hayoti bilan birlashtirilmagan.

Qora dengiz mintaqasida hamsi nafaqat baliqchilar uchun asosiy daromad manbai, balki mintaqaning ramzi hamdir. Qora dengiz aholisi ayniqsa, sohilbo'yi hududlarida yashovchilar hamsidan xalq qo'shiqlarida, maqollarda, hajviyalarda, ya'ni hayotning deyarli barcha sohalarida foydalanadilar. Hamsi musiqadan adabiyotgacha, folklordan siyosatgacha, iqtisoddan sportgacha Qora dengiz aholisi hayotida ilhom manbai hisoblanadi.

Sharqiy Qora dengiz mintaqasida oktyabr oyining ikkinchi haftasida baliqchilar duo o'qib, hamsi ovi uchun qurbonlik qilib, dengizga otlanadilar. Turkiyaning har bir mintaqasida sevib iste'mol qilingan bo'lsa-da, taomlarining aksariyati Qora dengiz oshxonasi va madaniyatining o'zgarmas qismi sifatida bu mintaqada tayyorlanadi. Yog’da pishirilgan hamsi, bug'da pishirilgan hamsi, tovada pishirilgan hamsi, hamsi palov, hamsi sho'rva, hamsi kotleti, hamsi salati, hamsi pirogi, hamsi noni, hamsili makkajo'xori noni va boshqa turli xil hamsi pishiriqlari - bu taomlardan ba'zilari hisoblanadi. Qora dengiz madaniyatida turmushga chiqadigan qizlar mutlaqo hamsi bilan palov pishirishni bilishlari kerak.

Qisqasi, Turkiyada hamsi kichik, ammo madaniyati katta deyishimiz mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Qora dengiz , #Turkiya , #Hamsi

Aloqador xabarlar