O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi

Dasturimizning bugungi sonida, Samarqandda bo‘lib o‘gan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari haqida so‘z qilamiz. (Yevroosiyo kun tartibi-04)

1883243
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi

2022-yil 15-16-sentabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida yilning eng muhim siyosiy ahamiyatga ega tadbiri, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta aʼzo mamlakat - Oʻzbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston; 3 ta kuzatuvchi maqomidagi mamlakat - Belarus, Eron, Moʻgʻiliston va 4 ta mehmon sifatida taklif etilgan mamlakat - Türkiye, Ozarbayjon, Turmaniston, Armaniston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, Sammitda qatnashish uchun Turk Davlatlari Tashkiloti, TURKSOY, Turk akademiyasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO), YUNESKO, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rahbarlari taklif etildi. Sammitga mehmon sifatida taklif etilgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, oxirgi daqiqalarda Samarqandga boʻlgan tashrifini bekor qildi.

Sammitning birinchi kuni (15-sentabr) oqshomida davlat rahbarlari Sammit xotirasiga atab, “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida daraxtlar ekib, norasmiy muzokaralar uyushtirildi.

Sammitning ikkinchi kuni esa (16-sentabr),  «Ipak yo'li» xalqaro turizm  kongress markazida tor va kengaytirilgan tarkibda ShHT Sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit oldidan Eron Islom Respublikasi ShHTga toʻlaqonli aʼzolikka yoʻl ochgan memorandumni imzoladi. Sammitda Quvayt, Bahrayn, Maldiv orollari, BAA va Myanmaga muloqot boʻyicha hamkor maqomi berildi. Bir kun oldin, 14-sentabr kuni Misr va Qatar bilan ShHTga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Samarqandda Belarusning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish jarayonini boshlash ustidan ham qaror qabul qilindi.

Türkiye Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, ShHT sammitida birinchi marotaba ishtirok etdi. Prezident Erdo‘g‘an, har bir tarmoqda ShHT bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, “Erdo‘g‘anni Samarqanddagi sammitda ko‘rganimdan juda xursandman. Türkiye bu mintaqa davlatidir va menimcha, Türkiyening ShHT bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lishi mutlaqo tabiiydir”.-dedi.

Sammit yakunida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat, yadroviy qurolsizlanishni davom ettirish, pandemiyaga qarshi kurash kabi masalalar o‘rin olgan. Sammit yakunida 44 ta shartnoma imzolandi.

Sammit doirasida ikki tomonlama kelishuvlar ham amalga oshirildi. 14-sentabr kuni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida 18 ta shartnoma imzolandi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev, Samarqanddagi sammitda amalga oshirilgan uchrashuv paytida Toʻliq strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bayonotni imzoladilar. O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev bilan mamlakatga davlat tashrifi bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida uyushtirilgan uchrashuvdan keyin ikki davlat o‘rtasida 15 ta shartnoma imzolandi. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 15 milliard dollarlik shartnoma imzolangani ma’lum qilindi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin uchrashuvidan so‘ng ikki davlat o‘rtasida 4 ta shartnoma imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li loyihasi bitimi mazkur mamlakatlar transport vazirlari tomonidan imzolandi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston ShHTga bo‘lgan raisligi va Samarqand sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Shartnomalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston ham o‘z sa’y-harakatlari samarasini ko‘rdi. Shuni ham ta’kidlash joizki, tashkilotga aʼzo davlatlarning liderlari sammit boʻlib oʻtayotgan kunlarda Ozarbayjon-Armaniston, Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida yuz berayotgan muammolarni ko‘rmaslikka oldi. Bu esa tashkilot e’tiboriga dog‘ tushirdi.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekistonü , #Samarqand , #ShHT

Aloqador xabarlar