Bugun butun dunyo, “Xalqaro tinchlik kuni”ni nishonlamoqda

Gitler Germaniyasi tomonidan Polshaga urush e’lon qilingan ushbu kun, har yili sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlar hamda Türkiyeda, “Xalqaro tinchlik kuni” sifatida nishonlanadi.

1882690
Bugun butun dunyo, “Xalqaro tinchlik kuni”ni nishonlamoqda

Bugun 21-sentabr. Har yili boʻlganidek bu yil ham huddi shu kuni butun dunyo, “Xalqaro tinchlik kuni”ni nishonlaydi.

Gitler Germaniyasi tomonidan Polshaga urush e’lon qilingan ushbu kun, har yili sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi davlatlar hamda Türkiyeda, “Xalqaro tinchlik kuni” sifatida nishonlanadi.

Ikkinchi Jahon urushining ayanchli oqibatlaridan keyin urushning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solindi. Bu orqali vaqti-vaqti bilan mintaqaviy toʻqnashuv va urushlar qayd etilishiga qaramay, umumiy olib qaraganda bir necha urushning chiqishi va yoyilishining oldi olindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga asos solinar ekan, tenglik printsipidan mahrum boʻlgandek tashkilot tarkibidagi 5 ta davlat uning xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi deb e’lon qilindi. Bunga qarshi dunyonnig bir necha davlati e’tiroz bildirishiga qaramay ular bugungi kungacha Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida ish yuritib kelmoqda. Eng yomoni Falastin muamosida boʻlganidek mazkur 5 a’zodan birining monelik qilishi oqibatida mushtarak qarorlarni qabul qilish imkonsiz holga aylandi. Shuning uchun ham Türkiye Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning, “Dunyo beshdan katta” degan soʻzlari oxirgi yillarda omma tomonidan yana-da qoʻllab-quvvatlana boshladi. Umid qilamizki butun dunyo tinchligini saqlashda alohida oʻringa ega boʻlgan BMT teng huquqli va betaraf tus oladi va oʻz faoliyatlari bilan dunyo tinchligiga ulkan hissa qoʻshadi.

21-sentyabr Xalqaro tinchlik kuni muborak bo’lsin!


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Xalqaro tinchlik kuni , #butun dunyo

Aloqador xabarlar