Dunyoning eng uzoq joyiga 4 soatda borish mumkinmi?

Qiziqarli ma’lumotlar-03

1881573
Dunyoning eng uzoq joyiga 4 soatda borish mumkinmi?

 

Gipertovushli parvoz texnologiyasi yordamida Istanbuldan Nyu-Yorkka 1 soat 40 daqiqada borish mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kelajakdan bahs yuritilgan har joyda transport muhim ahamiyatga ega. Ehtimol, bu texnologik rivojlanishning eng muhim ko'rsatkichlaridan biridir. Garchi bizda uchar mashinalar yoki teleportatsiya texnologiyasi bo'lmasa-da, transport texnologiyalari kundan-kunga yaxshilanmoqda.

Yaqin kunlarda paydo bo'ladigan yangi yo'lovchi samolyotlari sizni Istanbuldan Nyu-Yorkka 2 soatdan kamroq vaqt ichida yetkaza oladi. Ovozdan tez samolyotlar bilan boshlangan, ammo to'xtatilgan bu sarguzasht yana supersonik samolyotlar bilan boshlanadi.

Konkord (Concorde) oʻrta masofali, toʻrt motorli, tor korpusli va supersonik (tovushdan tez uchuvchi) yoʻlovchi samolyotidir. Ovozdan tez uchadigan samolyot g'oyasi 1960-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan va 70-yillardan 2003 yilgacha davom etgan. Parvozlar Air France va British Airwaysning Konkord loyihasiga chek qo’yishi bilan 2003 yilda to’xtatilgan.

Supersonik parvoz, tovushdan tez uchuvchi samolyotning tovush tezligidan tezroq harakatlanishini anglatadi. 18300 metr balandlikdagi samolyot soatiga 160 km dan tezroq uchadi.

Hozirgi vaqtda yo'lovchi tashish uchun ishlanayotgan gipertovushli samolyotlar tovush tezligidan 5 baravar ko'proq tezlikka erisha oladi. Boshqacha aytganda, u soatiga 8 ming kilometrdan ortishi mumkin.

Istanbuldan Nyu-Yorkka to'xtovsiz parvoz oddiy samolyotlarda 10 soat 40 daqiqa davom etsa, ushbu gipertovushli samolyotlar bilan sayohat vaqtini 1 soat 40 daqiqaga qisqartirish mumkin.

Eng uzoq joy 4 soat bo'ladi.

NASA tovushdan tez parvozlarni qaytarish niyatida samolyot ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin bilan hamkorlik qilmoqda.

AQShda joylashgan samolyotsozlik kompaniyasi o'zining "Boom Overture" deb nomlangan tovushdan tez uchadigan samolyoti bilan Konkord merosiga asoslanadi. Kompaniyaning maqsadi - 100 dollar evaziga dunyoning istalgan nuqtasiga to'rt soat ichida yetib borish. Biroq, bu jarayonda jiddiy to'siqlar mavjud.

Shovqin sinovi davom etmoqda.

Ovozdan tez sayohat bilan bog'liq ikkita asosiy xavotir mavjud, u ham bo’lsa shovqin va ifloslanish. Yuqori tezlikda sayohat qilish uchun ishlatiladigan yoqilg'i miqdorining ortishi bu reyslarning ancha katta uglerod izini qoldirishiga olib keladi. Bu parvozlar natijasida ozon qatlami ham katta zarar ko'radi. Bundan tashqari, yuqori haroratlar samolyotning chidamliligiga tahdid soladi.

Ovoz tezligidan tezroq sayohat qilish kuchli momaqaldiroq kabi eshitilishi mumkin bo'lgan tovushli portlashga sabab bo’lishi mumkin.  Boom kompaniyasi aynan shu sababdan o'z nomini shunday atagan.

U 2030 yilgacha foydalanishga topshirilishi mumkin

NASA hozirda Kaliforniyada X-59 samolyotining ovozini tekshirish ishlarini olib bormoqda. Supertovushli samolyot 2023-yilda ilk bor parvoz qiladi va kutilgandek ovozsiz ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

Agar faoliyatlar samarali davom etsa, 2030 yilgacha bu samolyotlar dunyoning eng uzoq ikki yoqasini yaqinlashtiradi.

 

 



Aloqador xabarlar