Bularni bilasizmi-51

Dunyo bo’ylab mashhur Qadimgi Efes shahrida antik davrning eng katta kutubxonalaridan biri borligini bilasizmi?

1870759
Bularni bilasizmi-51

 

Tarixda falsafa va madaniyat markazi bo'lgan Efes antik shahridagi qadimiy xarobalar, ulkan ustunlari bilan hayrat uyg'otgan "Jelcus kutubxonasi" ko’rganlarni hayratga soladi.

Taxminan o'n ikki ming asarga ega bo'lgan bu kutubxona Rim imperiyasida Iskandariya va Pergamdan keyin uchinchi yirik kutubxona bo'lib, xuddi hozirgi kabi butun xalqqa xizmat qilgan.

Rim imperiyasiga oid kutubxonaning saqlanib qolgan yagona namunasi - Sels kutubxonasi me'moriy mo''jiza hisoblanadi. O'zining salobati bilan e'tiborni jalb qilgan binoning kengligi 21 metr, balandligi 17 metrni tashkil qiladi.

Kutubxona tashkil etilganidan 130 yil o'tib sodir bo'lgan zilziladan jiddiy zarar ko'rgan. Ushbu zilziladan keyin kutubxonadagi muhim asarlarning aksariyati vayron bo'lgan. 1970-1978 yillarda arxeologlar tomonidan kashf etilgunga qadar, u asrlar davomida xarobalar ko’rinishida qolgan.

Kutubxonaning tashqi ko‘rinishida to‘rtta ayol haykalini ko’rish mumkin. Ular donolik va aqlni ifodalovchi Sofiya, fazilat va jasoratni ifodalovchi Arete, ilm-fan va bilimni ifodalovchi Epistema va fikrni ifodalovchi Ennoyadir. Ushbu haykallarning asl nusxalari bugungi kunda Vena muzeyida namoyish etilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Efes , #Turkiya

Aloqador xabarlar