Bularni bilasizmi-49

Dunyodagi eng uzun plyajlardan biri Turkiyada ekanligini bilasizmi?

1865036
Bularni bilasizmi-49

 

Turkiya janubidagi Hatay viloyati chegaralarida joylashgan Samandag’ sohili uzunligi 14 km bo'lgan dunyoning eng uzun plyajlardan biridir.

Plyaj yaqinida joylashgan Titus tuneli ko'rishga arziydigan joylardan biridir. Milodiy 1-asrda Rim imperiyasi davrida qurilgan tunel inson qoʻli bilan qurilgan birinchi uzun tunel hisoblanadi. Toqqa o‘yilgan, uzunligi 1380 metr, balandligi 7 metr, eni 6 metr bo‘lgan tunel tog‘lardan oqib tushayotgan suv portga ta’sir qilmasligi uchun qurilgan. Dengiz tomonidagi tunelning kirishiga yaqin joyda, ko'plab tosh qabrlar joylashgan “Beshikli” g'ori va undan keyingi muhim qadimiy port shahri “Seleucia Pieria” o’rin olgan.

Samandag' sohili shuningdek, nasli yo'qolib ketish xavfi ostida turgan noyob Chelonia Mydas va Caretta Caretta dengiz toshbaqalari uchun urug'lanish va ko'payish joylaridan biri sifatida muhim hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Samandag' sohili

Aloqador xabarlar