Bularni bilasizmi-47

Turkiyada asal ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turgan shahar Ordu ekanligini bilasizmi?

1858854
Bularni bilasizmi-47

 

 

Inson salomatligi uchun behisob foydasi bo’lgan asal tabiatning insonlarga bergan eng katta ne’matlaridan biridir. Uning tarixi insoniyat tarixi qadar uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ko‘pgina kasalliklarga davo bo‘lgan asal tabiiy shirinlik sifatida ham ishlatiladi.

Turkiya asal ishlab chiqarish ancha yuqori bo'lgan mamlakatlardan biridir. Shuningdek, Turkiya dunyoda asal ishlab chiqarish bo’yicha Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Turkiyaning Qora dengiz mintaqasida joylashgan Ordu viloyati mamlakatning eng ko'p asal ishlab chiqargan viloyatlaridan biridir.

Orduda findiqdan keyin eng muhim daromad manbalaridan biri asalarichilikdir. Oxirgi paytlarda yillik o'rtacha 18 ming tonna asal ishlab chiqargan Ordu, mamlakat bo’ylab jami asal ishlab chiqarish hajmining 15 foizini ta'minlamoqda. Kunimizda Ordu viloyatidan Yevropaga asal eksport qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #asal , #Turkiya

Aloqador xabarlar