O'zbekistondan xabarlar 10- qism

Yetakchi ayollar muloqoti platformasi birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi

1846832
O'zbekistondan xabarlar 10- qism

 

 

Yetakchi ayollar muloqoti platformasibirinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha komissiyasi, BMT taraqqiyot dasturining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Oʼzbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasining ochilishi marosimi oʼtkazildi.

Unda Oliy Majlis Senati, BMT taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mintaqaviy byurosi, Yetakchi ayollar muloqoti platformasi aʼzolari, vazirlik va idoralar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva kirish soʼzida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini oshirish, yetakchilik koʼnikmalarini rivojlantiruvchi, rahbar ayollar safini kengaytiruvchi hamda gender strategiyasi doirasidagi islohotlar boʼyicha erkaklar va ayollarning xabardorligini oshiruvchi, sohada jamoatchilik muhokamalarini oʼtkazib boruvchi, yurtimizning har bir hududida turli sohalarida mehnat qilayotgan faol xotin-qizlardan iborat Oʼzbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasining tashkil etilganligiga toʼxtalib oʼtdi.

Taʼkidlanganidek, Oʼzbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasining asosiy maqsadi xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini oshirish, rahbar ayollar safini yanada kengaytirish, ularning yetakchilik koʼnikmalarini rivojlantirish hamda yosh qizlarni rahbarlikka tayyorlash, gender tenglik muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Respublikamizning 14 ta hududidagi turli sohalarda faoliyat koʼrsatuvchi faol ayollarni birlashtiradi.

Shuningdek, platforma faoliyati har bir hududdagi xotin-qizlarning tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari, media, sport va madaniyat kabi sohalardagi asosiy muammolarini aniqlab, imkoniyati cheklangan yetakchi xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, gender tengsizlikni keltirib chiqaradigan gender stereotiplari va nooʼrin ijtimoiy meʼyorlarga chek qoʼyilishiga yordam beradi.

Soʼzga chiqqanlar tomonidan platformani ishlatish va undan samarali foydalanish hamda kelgusida uni yanada takomillashtirib borish yuzasidan maʼlumotlar berilib, platforma taqdimot qilindi.

Tadbir davomida xotin-qizlarni yangicha yondashuvi, gʼoya va tashabbuslar bilan chiqishlariga koʼmak berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, mazkur jarayonlarda yetakchi faol ayollarning oʼrni va roli masalalari boʼyicha fikr-mulohazalar almashildi

Tadbir soʼnggida platformaning kelgusida amalga oshiriladigan ish rejasi qabul qilindi.



Aloqador xabarlar