Bularni bilasizmi-42

Britaniya poytaxti Londonda tashkil etilgan Usmoniy saroy musiqasi akademiyasi orkestri haqida bilarmidingiz?

1845559
Bularni bilasizmi-42

 

Londondagi Usmoniy saroyi musiqa akademiyasi orkestriga klassik musiqa bastakori, dirijyor va kompozitor Emre Araji tomonidan asos solingan.

Edinburg universitetining musiqa fakultetida bakalavriat va doktorlik darajasini olgan Emre Araji o'zining san'at, qadimiy me'morchilik, adabiyot, tarix va diplomatiyaga bo'lgan qiziqishini uyg'unlashtirib, o'ziga xos musiqiy kariyerasini davom ettirmoqda.

Emre Araji 1997 yili Turkiya elchisining Edinburgdagi Turkiya konsulligiga tashrifi munosabati bilan konsert tashkil etdi.

Konsertda 19-asr Usmoniy saroyidan ba'zi nag’malar va raqslar ijro etiladi. Dasturda 5-Sulton Murod, Sulton Abdulaziz, Donizetti Pasha va Gvatelli Pashaning ayrim asarlari ijro etiladi.

Tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan konsert dasturi olti oydan keyin Londonda yana ham kengaytirilgan shaklda ikki marta tashkil etiladi.

Ushbu konsert dasturlari insonlarda katta qiziqish uyg'otgach, Usmoniylar davrida G'arb uslubidagi asarlarni ijro etgan London Usmoniy Saroy musiqasi akademiyasi orkestri tashkil etildi. Akademiyada ayni vaqtda Yevropa adabiyotida turkiylarga oid asarlarga ovoz berish faoliyati ham amalga oshiriladi.

Taniqli bastakor Emre Araji xalqaro asarlari bilan Turkiya va Britaniya, Yevropa, Sharq va G‘arb o‘rtasida musiqa sohasida ko‘prik qurishga muvaffaq bo’ldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Emre Araji , #Usmoniy

Aloqador xabarlar