Bularni bilasizmi-41

Istanbuldagi tarixiy “Pera Palas” mehmonxonasi ayni vaqtda muzey maqomiga ega ekanligini bilasizmi?

1841978
Bularni bilasizmi-41

 

Taxminan 130 yildan buyon Istanbulning eng go'zal go’shalaridan biri bo'lgan “Pera Palas” mehmonxonasi taniqli mehmonlarning xotiralariga to’la muzey maqomiga ham ega. “Pera Palas” Istanbulda ko'plab tarixiy shaxslarning makoniga aylangan bo'lsa-da, ko'plab tarixiy voqealarga ham guvoh bo'lgan.

Jumladan, Mustafo Kamol Otaturk 1917 yildan beri “Pera Palace” mehmonxonasida ko'p marta qolib, oliy darajadagi mehmonlarini u yerda qabul qilgan. U joylashgan 101-xona tavalludining 100 yilligi munosabati bilan muzeyga aylantirilgan.

Otaturkning yaxshi ko’rgan rangiga bo’yalgan xonada uning shaxsiy buyumlari, auktsionlardan sotib olingan kitoblari, jurnallar, imzolangan fotosuratlari va medallari kabi ko’plab ashyolari namoyish etilmoqda.

“Pera Palas” mehmonxonasi oʻz tarixi davomida Istanbulga tashrif buyurgan chet ellik hukumat vakillari, siyosatchilar va sanʼatkorlarning makoni boʻlgan. jumladan, Agata Kristi ham ushbu mehmonxonaning mijozi bo’lgan. U o'zining hali ham ishtiyoq bilan o'qiladigan ko'plab mashhur romanlarini ushbu mehmonxonada yozgan.

Agata Kristi joylashgan 411-xona bugungi kunda muzey sifatida ziyoratchilar e’tiboriga havola etiladi. Kunimizda faol ravishda xizmat berib kelayotgan mehmonxonada atirgul hidi va shoyi bilan bezatilgan “Greta Garbo” lyuks xonasi, Xeminguey kitoblari bilan to’ldirilgan “Ernest Xeminguey” xonasi,  Halich va “Piyer Loti” manzarali lyuks xonalar ham kelgan mehmonlarni moziyga sayohatga chorlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Turkiya , #Pera Palas

Aloqador xabarlar