Yevrosiyo kun tartibi-41

Dasturimizning bugungi qismida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Eron Islom Respublikasiga tashrifi va ikki davlat munosabatlaridagi so‘nggi vaziyat muhokama qilinadi.

1840270
Yevrosiyo kun tartibi-41

 

Tojikiston- Eron munosabatlarida so’ngi vaziyat

Dasturimizning bugungi qismida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Eron Islom Respublikasiga tashrifi va ikki davlat munosabatlaridagi so‘nggi vaziyat muhokama qilinadi.

Hurmatli tinglovchilar, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 2022-yil 29-30-may kunlari orasida  rasmiy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida bo‘ldi. Eron Prezidenti Ibrohim Raisi Tojikiston Prezidenti Rahmonni Tehronda rasmiy marosim bilan kutib oldi. Ikki davlat prezidentlarining tor va kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida 16 ta shartnoma imzolandi. Prezident Rahmonning 9 yildan so‘ng Eronga tashrifi ko‘p jihatdan  juda muhim.

Tashrif doirasida Tojikiston prezidenti Eron diniy yetakchisi Ali Xomanaiy, vitse-prezident Muhammad Muhbir va Eron parlamenti  Raisi  Muhammad Bager G‘olibaf bilan alohida- alohida uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida Tojikiston-Eron munosabatlarini yaxshilashga kelishib olindi.

Prezident Rahmonning Tehronda Eron siyosatini shakllantirayotgan barcha yetakchilar bilan uchrashgani ikki davlat o’rtasidagi muzlarning erib ketganini ko’rsatadi. Ma’lumki, Tojikiston Islom taraqqiyot partiyasi rahbari Muhiddin Kabiriyning Tehronga tashrifi bilan boshlangan salbiy voqealar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tanazzulga yuz tutgan. 2013-yilda yomonlashgan ikki tomonlama munosabatlar 2019-yilda yana yaxshilana boshladi.

Hurmatli tinglovchilar, 2021-yil sentabr oyida Eron Prezidenti Ibrohim Raisi Tojikistonga ilk xorij tashrifini amalga oshirdi va uning tashrifi doirasida Dushanbe shahrida ikki davlat o’rtasida 8 ta shartnoma imzolandi. Tojikiston avvalroq Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʻlishiga qarshi chiqqan boʻlsa, tashkilotning soʻnggi sammitida Eron Islom Respublikasi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʻlishi kerak degan fikrni ilgari surgan edi.

Tojikiston tashqi siyosatda mamlakatda harbiy bazasiga ega boʻlgan Rossiya va eng koʻp qarzga ega boʻlgan Xitoy oʻrtasidagi muvozanatni saqlash uchun uchinchi mintaqaviy kuch Eronga muhtoj. Rossiyaga qarshi sanksiyalar Tojikiston iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgani uchun Dushanbe maʼmuriyati muqobil bozorlar va investorlarni topishi kerak edi.

Xorijda bo‘lgan muxolifat yetakchisi Muhiddin Kabiriyning may oyida Dushanbe rejimiga qarshi  ta’sirli  kurashish vaqti kelganini ta’kidlagani, Tog‘li Badaxshondagi odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan namoyishlar, Tojikiston ma’muriyati doʻst mamlakatlarning sonini ko‘paytirishi kerak deya muxolafatni  qoʻllab-quvvatlashi mumkin boʻlgan davlatlar bilan aloqalar oʻrnatishi majburiydir.

Tojikiston va Eron oʻrtasida qoʻshma mudofaa qoʻmitasining tashkil etilishi va Eron uchuvchisiz  havo vositalarini Tojikistonda ishlab chiqarilishi Dushanbe maʼmuriyati mamlakat xavfsizligiga tahdid soladigan favqulodda hodisalarga qarshi profilaktika choralarini koʻra boshlaganini koʻrsatadi. Tolibon ma’muriyati bilan kelisha olmagan Tojikiston ma’muriyati janubiy chegarasini himoya qilishga majbur. Qolaversa, Tojikiston chegaradagi kelishmovchiliklar hal etilmagani uchun ham Qirg‘iziston bilan ba’zan muammolarga duch keladi. Qirg‘izistonning Bayraktar TB2  vositalarini sotib olishi Tojikistonning Eron bilan birgalikda uchuvchisiz  uchuvchisiz havo v vositalari  ishlab chiqarishga urinishini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Eronga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan  juda samarali bo‘ldi deyish mumkin.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar