O’zbekistondan xabarlar-06

21-25 may kunlari O'zbekistonning qadimiy Buxoro shahrida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o‘tkazildi

1832458
O’zbekistondan xabarlar-06

 

Аvval xabar berilganidek, 21-25 may kunlari Buxoro shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Xalqaro zardoʼzlik va zargarlik festivalini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan Xalqaro zardoʼzlik va zargarlik Festivali doirasidagi kashtadoʼzlik sanʼati festivali oʼtkazildi.

Festivalda O'zbekistonning barcha hududlaridan 288 nafar hunarmand, shulardan 110 nafar zargar, 37 nafar zardoʼz, 44 nafar kashtadoʼz, 97 nafar hunarmandchilikning boshqa yoʼnalishlarida faoliyat olib borayotganlar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, 58 ta davlatdan 221 nafar xorijlik ishtirokchi, shu jumladan, Turkiyadan xam 5 nafar Аnkara Yetuklik instituti rektori boshchiligidagi kashta ustalari, dizaynerlari ham ishtirok etmoqda.

Bugun Oliy Majlis Senati vakillarining Аnkara Yetuklik instituti rektori Ilknur Koshbiyik, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemaliddin Tuney ishtirokida uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda ikki davlat oʼrtasidagi aloqalarning bugungi kundagi ahamiyati hamda istiqboldagi hamkorlik masalalari haqida muloqot boʼlib oʼtdi.

Mazkur festivalning amaliy natijasi sifatida Аnkara Yetuklik instituti bilan dizaynerlik yoʼnalishida oʼzaro almashib oʼqish hamda 15 kunlik tajriba almashinuvi boʼyicha hamkorlik oʼrnatishga kelishildi.

Ushbu hamkorlik yosh o'zbek dizaynerlarining tajriba almashib, bilim va koʼnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Aloqador xabarlar