Bularni bilasizmi-38

Turkiya chegaralari hududida cho'l borligini bilarmidingiz?

1830596
Bularni bilasizmi-38

 

Turkiyaning Koniya viloyati Karapinar tumani mamlakatning eng kam yogʻingarchilik bo’ladigan territoriyalaridan biridir. 1950-yillarda yuz bergan shamol eroziyasi natijasida 103 ming gektar yer quridi. Natijada Karapinar tumani qum bo’roni tufayli choʻlga aylandi.

Karapinar cho'li ayni vaqtda dunyodagi eng ko’p yashil hududlarga ega cho'llardan biridir. 1959-yilda turk muhandislari va mahalliy xalqning hamkorligi bilan mintaqani qutqarish uchun loyiha ishlab chiqildi.

Mazkur loyiha asosida Karapinar tumanini cho’lga aylanishdan saqlab qolish va uni ko'kalamzorlashtirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Eroziya natijasida cho‘lga aylangan hududlar o‘tmishda butunlay qum tepaliklar bo‘lgan bo‘lsa, kunimizda ushbu qum tepaliklar daraxtzorlar bilan qoplangan o‘rmon hududiga aylangan.

Har yili turli mamlakatlardan tadqiqotchilar tabiat hodisalariga qarshi kurash bo’yicha tajriba o’tkazish uchun mintaqaga tashrif buyuradilar.

Tarixiy Ipak yo'lida joylashgan Karapinar cho'l va sun’iy ko'llari bilan ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb etadi. Ushbu tabiat mo’zijasi bo’lgan cho’l Turkiyada sayyohlar sayir qiladigan noyob joylardan biridir.

 


Tanlangan kalimalar: #Karapinar , #Koniya

Aloqador xabarlar