Bularni bilasizmi-37

Turkiya shimolida joylashgan Sinop viloyati Anadoludagi eng qadimgi shaharlardan biri ekanligini bilasizmi?

1826759
Bularni bilasizmi-37

 

Sinop viloyatining tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladiki, hatto uning nomi haqida turlicha afsonalarni eshitish mumkin. Ushbu afsonalardan birida qayd etilishicha, shahar nomi mifologiyada daryo xudosi Asoposning qizi Sinopdan olingan.

Afsonaga ko'ra, Sinopga oshiq bo'lgan Zevs undan qo'rqqan suv parisini Qora dengizning jannatmakon yam-yashil sohillariga tashlab ketadi. O‘sha sohillar kunimizda “Sinop” deb ataladi.

Sinop haqidagi yana bir afsona shuki, shahar nomi Amazon qirolichasi Sinovadan kelib chiqqan. Mifologiyada ham o'z o'rnini topgan bu go'zal shahar qadimgi mutafakkirlardan biri Diogenning tug'ilgan joyi sifatida ham mashhur.

Noyob tabiiy go'zalliklari bilan ko’rganlarni o’ziga maftun qilgan Sinop shahri asrlar davomida port shahri bo'lib kelgan, Xet, Frigiya, Lidiya, Fors, Rim, Vizantiya, Saljuqiy, Jandarog'lu, Usmoniy kabi ko'plab madaniyatlarga mezbonlik qilgan.

Birinchi joylashuvi bronza davriga to’g’ri kelgan shahar geografik joylashuvi tufayli qadim zamonlardan beri savdo markazi boʻlib kelgan. Qoradengizda hukmronlik qilmoqchi boʻlgan barcha qabilalar Sinopga joylashib, oʻz madaniyatlari qoldiqlarini tashlab ketishgan. Shaharning boy tarixiy merosini hamma joyda ko‘rish mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Sinop , #Turkiya

Aloqador xabarlar