Bularni bilasizmi-36

Turk qahvasi an'analari asrlar davomida o'zgarmasdan kunimizgacha yetib kelganligini bilasizmi?

1823937
Bularni bilasizmi-36

 

Taxminan 500 yil avval Usmoniy imperiyasiga kirib kelgan qahva ijtimoiy hayotdagi ro’li bilan turk madaniyatida muhim oʻrin tutadi.

16-asr boshlarida, qahva Qonuniy Sulton Sulaymon davrida Misr va Hijoz zabt etilgandan soʻng, Yaman orqali Istanbulga kirib kelgan. Qisqa vaqt ichida u nafaqat saroyda, balki aholi tomonidan ham sevib iste’mol qilinadigan ichimlikka aylandi. Natijada turli qahvaxonalar butun imperiya bo'ylab tarqaldi. Usmoniylar davrida kitob va she’rlar mutolaa qilinadigan, adabiy suhbatlar o‘tkaziladigan, shaxmat o‘ynaladigan bu maskanlar tez orada ijtimoiy hayotning muhim maskanlariga aylandi.

Qolaversa, bu davrda Turkiyaga kelgan venetsiyalik savdogarlar qahva iste’mol qilib, uning ta’mini juda yoqtiradilar. Qahva bu shaklda Usmoniylardan butun Yevropaga tarqaladi. Lekin, turk qahvasi tayyorlanish shakli bilan Yevropadagi qahvalardan farq qiladi. Turkiyada asosan kofeini olinmagan qahva donalari maydalanib, qovurilgan holda tayyorlanadi. Tagida kukuni bilan pishiriladi. Shakarli, o’rta shakarli, oz shakarli yoki shakarsiz qahva shaklida tortiq qilinadi.

 

Bu kunimizgacha o’zgarmasdan yetib kelgan eng qadimiy qahva tayyorlash usulidir. Turk qahvasi odatda suv va lokum shirinligi bilan tortiq qilinadi. Bundan tashqari, turk qahvasi bilan fol ko’rish odatga aylangan. Folbinlar qahva finjonidagi qoldiqlarga qarab, qahva ichgan odamning kelajagi haqida bashorat qiladilar. Kunimizda uyga kelgan mehmonga qahva tortiq qilish turk urf-odatining ajralmas bir bo’lagiga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turk qahvasi nikohdan oldingi marosimlarning o'zgarmas qismi, mehmonlarga taqdim etiladigan taom va suhbatlarga hamroh bo'ladigan o’ziga xos ichimlikdir. Boy madaniy asosga tayangan turk qahvasi 2013-yilda YuNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxati”ga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turk qahvasi

Aloqador xabarlar