O'zbekistondan xabarlar-03

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamda Mudofaa vazirligi tomonidan "Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabga o‘zbekistonliklarning qo‘shgan hissasi" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

1822377
O'zbekistondan xabarlar-03

 

Ma’lumki, 1945 yili 9 may kuni Ikkinchi jahon urushi SSSR g’alabasi bilan yakunlangan bo’lib, ushbu qirg’inbarot urushga SSSR tarkibida minglab o’zbekistonliklar ham jalb qilingan edi.

Albatta SSSR g’alabasi barcha SSR davlatlari g’alabasi bo’ldi va o’sha davrdan boshlab barcha post-sovet davlatlarida 9 may xotira va qadrlash kuni yoki g’alaba kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Joriy yil 29 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi hamda Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan “Ikkinchi jahon urushida erishilgan g'alabaga O'zbekistonliklarning qo'shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

“G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan mazkur anjumanda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi Qutbiddin Burxonov, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduhalimov, Mudofaa vazirining madaniy ishlar bo'yicha maslahatchisi SH.Yusupov, bir qator harbiy xizmat faxriylari, xorijiy va mahalliy professor olimlar hamda tegishli davlat idoralari vakillari ishtirok etdi.

Qo'mita raisi Qutbiddin Burxonov ma'ruzasi boshida barchani yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g'alabaning 77 yillik shonli bayrami bilan muborakbod etdi. Shundan so'ng bugungi tinchlik zamoni uchun jangohlarda qon kechgan ota-bobolarning mardonavor jasoratlariga to'xtalib, ular va ularning yaqinlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Dahshatli urush taassurotlari haqida so'zlar ekan, butun insoniyatga kulfat olib kelgan to'qnashuvlar, o’zbek xalqiga ham mislisiz talofat va yo'qotishlar olib kelganini aytib o'tdi. O'z navbatida, tarixni sinchiklab o'rganish, uning qadriga yetish borasida O’zbekiston prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilgan ishlarga to'xtaldi.

Prezident tashabbuslari bilan Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixni o'rganishda tom ma'noda yangi davr boshlangani ta'kidlandi. Xususan, yangi ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistondan 1 million 951 minga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlangani, har uch nafar o'zbekistonlikdan bittasi qo'liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilganini, 451 ming nafar yurtdoshlarning nomlari va taqdiri shuncha yillar davomida e'tibordan chetda qolgani aytib o'tildi.

Prezident ta'biri bilan aytganda, “biz urush va front orti faxriylarini faqatgina bayramlarda emas, balki doimo e'zozlab, ardoqlashimiz, ularning sog'ligi haqida har kuni, har soatda o'ylashimiz lozim”.

Konferentsiya ishtirokchilari ta'kidlaganidek, aslida bu hayotning o'zi bir sinov. Hamisha el-yurt manfaatini o'ylab, yurt ravnaqi va xalq osoyishtaligi uchun umrlarini baxshida etgan insonlar borki, hamisha e'zozga munosibdir.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar