Yevrosiyo kun tartibi-35

Dasturimizning bugungi sonida Qirg‘iziston prezidentining Ozarbayjonga uyushtirgan rasmiy tashrifi ustidan Qirg‘izsiton-Ozarbayjon munosabatlarini qo‘lga olamiz.

1819779
Yevrosiyo kun tartibi-35

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2022-yil 19-20 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasiga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Prezident Japarov 19-aprel kuni Ozarbayjonning milliy lideri Haydar Aliyevning “Fahriylar xiyoboni”dagi qabri bilan “Shahidlar xiyoboni”ga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

Hamon ertasi, ya’ni 2022-yilning 20-aprel kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudagi Zag‘ulba saroyida Qirg‘iziston prezidenti Japarovni tantanali rasmiy marosim bilan kutib oldi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng liderlar o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Unda Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston bilan barcha sohalarda faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Sadir Japarov, Haydar Aliyev davridan beri Qirg‘iziston va Ozarbayjon o‘rtasidagi aloqalarning a’lo darajada ekanini qayd etdi va Ozarbayjonning qardosh davlat ekanini ta’kidladi. Ikki davlat prezidentlari savdo-iqtisodiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, sarmoyaviy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilib, mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.

O‘zaro uchrashuvdan so‘ng ikki davlat rahbari raisligida hay’atlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralardan so‘ng Aliyev bilan Japarov, Ozarbayjon Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda Ozarbayjon Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Davlatlararo kengashni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Shu tariqa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Shuningdek, imzolash marosimida ikki davlatning tegishli vazirlari va mutasaddilari tomonidan moliya, qishloq xo‘jaligi, aloqa, havo aloqasi, mualliflik huquqi, ommaviy axborot vositalari va ta’lim sohalarida 8 ta kelishuv va anglashuv memorandumlari imzolandi.

Ayni kun prezident Sadir Japarov ozarbayjonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Qirg‘izistonning sarmoyaviy imkoniyatlari tanishtirildi. Uchrashuv yakunida esa ikki davlat sarmoya agentliklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Qirg‘iziston prezidenti keyinroq Ozarbayjon majlisi raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashdi. Unda, ikki tomonlama munosabatlarga oid turli masalalar qo‘lga olindi.

Prezident Japarovning Ozarbayjonga uyushtirgan tashrifi global va mintaqaviy siyosatda notinchlik va inqirozlar davom etayotgan bir paytda amalga oshirildi. Turk dunyosining xalqaro maydonda kuchini birlashtirib, birgalikda harakat qilishi jihatidan Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik eng yuqori darajada bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan, prezident Japarovning Bokuga bo‘lgan tashrifini muhim burilish nuqtasi sifatida ko‘rsatish mumkin.

Ozarbayjonning Qozog‘istondan tashqari Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar bilan bo‘lgan munosabatlari istalgan darajada emas edi. Ammo Boku so‘nggi yillarda nomi tilga olingan bu davlatlar bilan aloqalarini mustahkamladi. Masalan, Turkmaniston va Kaspiydagi bahsli masalalar hal qilindi. O‘zbekiston bilan aloqalar qayta tiklandi. Endi bu halqaga Qirg‘iziston bilan munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish ham ilova etildi.

Xalqaro tashishlarda O‘rta yo‘lakdan faol ravishda foydalanish, Ozarbayjon bosh bo‘lish bilan birga Turk tilida so‘zlashuvchi barcha respublikaning manfaati uchundir. Muzokaralari yakuniy bosqichga yetgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi Qirg‘iziston bilan Ozarbayjonni bir-biriga yanada yaqinlashtiradigan loyihadir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, prezident Japarovning Ozarbayjonga ilk tashrifi samarali o‘tdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar