Bularni bilasizmi 33-qism

Istanbuldagi eng muhim Usmoniy yodgorliklaridan biri bo'lgan Sulaymoniya majmuasi o'z davrining muhim ta'lim markazi bo'lganini bilasizmi?

1813535
Bularni bilasizmi 33-qism

 

Qonuniy Sulton Sulaymon va Memor Sinanning davrning kuch timsoli bilan meʼmoriy dahosining uygʻunligi boʻlgan Sulaymoniya majmuasi Usmoniylar imperiyasidagi eng yirik majmualardan biridir. Ushbu majmua fanning turli sohalari birgalikda o’qitiladigan davrining muhim ta'lim markazi sifatida barpo etilgan.

1550-yilda qurilishi boshlangan va yetti yilda qurib bitkazilgan Sulaymoniya majmuasi iqtisodiy va madaniy vazifalari bilan klassik davrning ramzi hisoblanadi.

Majmuaning turli sohalarda ta’lim bergan yetti madrasasi orasida shifo ulashuvchi “Tib madrasasi” ham bor edi. Tibbiyot madrasasining o‘ng tomonidagi bino shifoxona bo’lgan. U yerda dorixona va hammom ham bor edi.

Ushbu shifoxonani davrning boshqa shifoxonalaridan ajratib turgan xusus shundaki, uning tarkibida ruhiy kasalliklar bo'limi ham bor edi. Ushbu bo'limda bemorlarga maxsus dorilar va musiqa bilan davolash usullari qo'llanilgan.

Sulaymoniya majmuasidagi eng diqqatga sazovor bo’limlardan biri, albatta, Sulaymoniya masjididir. U yer memor Sinanning boshqa asarlari kabi sodda biroq, salobatli qurilgan.

Masjid hovlisining to‘rt burchagida joylashgan to‘rt minora Sulton Sulaymonning Istanbul zabt etilgandan keyingi to‘rtinchi sulton ekanini, o‘nta ayvon esa Usmoniylar imperiyasining o‘ninchi sultoni ekanligini anglatadi.

Majmuada Qonuniy Sulton Sulaymon, Hurram Sulton va Memor Sinanning qabrlari joylashgan.



Aloqador xabarlar