Bularni bilasizmi 28-qism

Smartfonlar bilan hayotimizga kirib kelgan va inqilobiy sanalgan ovozli buyruq texnologiyasi turk fizikshunos olim tomonidan ixtiro qilinganini bilasizmi?

1794923
Bularni bilasizmi 28-qism

 

1926 yili Turkiyaning Denizli viloyatida kambag'al oilada tug'ilgan Huseyin Yilmaz bolalik chog’ida ota-onasidan judo bo’lgan. U shu sababli 12 yoshigacha maktabga bormagan.

U cho‘pon sifatida mehnat qilayotgan paytda o‘qituvchilar uni maktabga borishga tashviq etadi va unga yordam beradi. Maktabni a’lo baholarga tamomlagan Huseyin Yilmaz Istanbul Texnika Universiteti Elektr bo'limiga qabul qilinadi. Universitetda uning ustun muvaffaqiyati va ilmiy izlanuvini qo‘llab-quvvatlagan professor-o‘qituvchilari orqali AQShdagi eng yaxshi universitetlardan biriga taklif qilinadi. U yerda professorlik darajasiga ko‘tarilgan Husayin Yilmaz Albert Eynshteynning “funksiya nazariyasi”dagi kamchiliklarini aniqladi va mashhur olimga maktub yo‘lladi. Biroq, maktub Eynshteynga yetib borguncha, u vafot etadi. Yilmaz bu xatoni mashhur ilmiy jurnalda nashr etadi va Eynshteyn nazariyasiga qarshi "Yilmaz nazariyasi" ham adabiyotga kiritilgan.

Turk fizikshunos olim Husayin Yilmaz texnologiya kompaniyasida rahbar lavozimida ishlab yurgan paytlarida ovoz bilan boshqariladigan kompyuterni loyihalash orqali ilm-fan tarixiga katta yangilik olib keldi. Ushbu ixtiro bugungi kunda smartfonlarda ishlatiladigan ovozli buyruq tizimlarining asosidir.

2013-yilda vafot etgan turk olim Huseyin Yilmaz akademik hayoti davomida koʻplab muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib borgan va fizika fani rivojiga katta hissa qoʻshgan.


Tanlangan kalimalar: #Huseyin Yilmaz

Aloqador xabarlar