Yevrosiyo kun tartibi-27

Dasturimizning bugungi sonida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi haqida soʻz qilamiz.

1789163
Yevrosiyo kun tartibi-27

2022-yilning 24-25-fevrali kunlari poytaxt Nur-Sulton shahrida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston Bosh vaziri Alihan Smailov mezbonlik qilgan ushbu yig‘ilishda Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Oripov Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yigʻilishlarida kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Qozog‘istondagi yig‘ilishlari avval Olmaota shahrida o‘tkazilayotgandi. Yanvar voqealaridan keyin esa bu galgi yig‘ilish, Qozogʻiston poytaxtida boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishning eng asosiy kun tartibi pandemiyadan keyingi davrdagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining iqtisodiy ahvoli, hamkorlik imkoniyatlari, inflyatsiya, geosiyosiy keskinlik, Rossiya va Belarusga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning ittifoqqa a’zo davlatlarga ta’siri bo‘ldi. Yig‘ilishda ishtirok etgan hukumat rahbarlari, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshganidan mamnunliklarini bildirdilar. Yig‘ilishda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ittifoqqa a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2021-yili pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 18 foizga oshgan.

Yig‘ilish yakunida tashkilot doirasida birgalikda, harbiy bo‘lmagan uchoqlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi sanoat hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim hamda, ittifoqning ayrim tashabbuslarida O‘zbekistonning ishtirok etishini talab qiluvchi jami 11 ta hujjat imzolandi. Bu yil Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga raislik qilish vazifasi Qozog‘istondan Qirg‘izistonga topshirildi. Hukumatlararo kengashning navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 21-22-iyuni kunlari Belarusning Breste shahrida bo‘lib o‘tadi.

2022-yilning 25-fevrali kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yig‘ilishda ishtirok etayotgan hukumat rahbarlarini qabul qildi. Prezident Toqayev o‘z nutqida, hozirgi geosiyosiy sharoitda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi zimmasida katta vazifalar turganini ta’kidladi. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan hukumat rahbarlari mavjud masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

2010-yili Rossiya yetakchiligida tashkil etilgan va iqtisodiy integratsiyani nazarda tutuvchi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hozircha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo beshta davlatni o‘z tarkibiga kiritgan vaziyatda. Yevrosiyodagi geosiyosiy vaziyatning Afgʻoniston inqirozi, Ukraina inqirozi kabi masalalar tufayli toʻliq barqarorlasha olmagani, ittifoqqa aʼzo davlatlarda yaʼni Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistondagi siyosiy notinchliklar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujmi bilan avj olgan Rossiya-G‘arb inqirozi va sanksiyalar yuzasidan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini katta qiyinchiliklar kutmoqda.

Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov Hukumatlararo kengash yig‘ilishida, “Har bir davlat o‘z milliy manfaatlari va milliy bozorini himoya qilishga harakat qiladi. Ayniqsa, iqtisodiy notinchlik sharoitida kelajakka qaratilgan strategik ko‘z qarashlarimizni aniqlash va milliy manfaatlar bilan integratsiya jarayonlari o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanatni topish muhim ahamiyatga ega.”-dedi. Darhaqiqat, a‘zo davlatlarning milliy manfaatlari bilan integratsiya jarayonlari o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatni saqlash kerak.

Ittifoqning elektron hukumat, yashil iqtisodiyot, transport, qayta tiklanadigan energiya kabi sohalardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilishi, uchinchi davlatlar bilan ko‘proq hamkorlik qilishi va barcha a’zo davlatlarning tashkilotning maqsad va vazifalariga muvofiq harakat qilishlari mavjud muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Buni ham aytib o‘tishimiz kerak; ba’zi tadqiqotchilar qayd etganidek Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi asosiy muammolardan biri bu integratsiyadan qo‘lga kiritilgan daromadlarning teng taqsimlanmaganligidir. Uyushmaning faoliyat yuritish mexanizmidagi bunday nosozliklarni bartaraf etish, ittifoqning kelajagi uchun muhimdir.

 



Aloqador xabarlar