Yevrosiyo kun tartibi - 20

Dasturimizning bugungi sonida Qozog‘istonda yuz bergan voqealar haqida soʻz qilamiz.

1765874
Yevrosiyo kun tartibi - 20

2022-yilning 1-yanvari kuni Jani-o‘zen shahrida LPG narxining ikki barobar oshishiga norozichilik ko‘rsatish maqsadida boshlagan voqealar, 3-yanvar kuni mamlakatning har bir hududiga tarqadi. Qozog‘iston Energetika vazirligining LPG narxini eski narxiga qaytarish imkonsiz ekanini bayon etishi bilan vaziyat avj oldi. Buning siyosiy tus olishi ortidan Prezident Qasim Jomart Toqayev 5-yanvar kuni hukumatning iste’foga chiqqanini va Milliy xavfsizlik kengashi raisi vazifasini o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi. Mamlakat bo‘ylab favqulodda holat (OHAL) e’lon qilindi. Olmaota shahrida namoyishchilar eski prezidentlik saroyi, shahar hokimiyati, “Nur Otan” partiyasi idoralari, aeroport va televideniye binolarini egallab oldi yoki ziyon yetkazdi.

Voqealar to‘xtamagach Prezident Toqayev 2022-yil 6-yanvarda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan yordam so‘radi. Tashkilot Qozog‘istonga 2500 nafar askar yuborishga qaror qildi. 10-yanvar kuni KXShTga aʼzo davlatlarning liderlari Qozogʻiston chaqirigʻi bilan navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazdi. 11-yanvar kuni Qasim Jomart Toqayev, KXShT qo‘shinlarining Qozog‘istonda tinchlikni o‘rnatish vazifasini muvaffaqiyatli yakunlagani haqida xabar berdi. 14-19 yanvar kunlari esa yuqorida nomi tilga olingan kuchlar Qozog‘istonni tark etdilar.

Prezident Toqayev 2022-yil 10-yanvarni umumxalq motam kuni deb e’lon qildi. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi tinch aholi, politsiya xodimlari va harbiylardan jami 225 kishining halok bo‘lganini bildirdi. Halok bo‘lganlardan tashqari 4578 kishi tan jarohati olar ekan 546 kishi ustidan tergov ishlari boshlagani qayd etildi. Ulardan 44 nafari terrorchilik harakati, 15 nafari esa qotillik bilan jarayonga doxil bo‘lar ekan voqelarda 20 ming nafardan ortiq kishining ishtirok etgani bildirildi.

Nursulton Nazarboyevning voqealar ustidan sukut saqlashi davom etmoqda. Milliy razvedka xizmatining sobiq rahbari Masim Karimov va uning ikki o‘rinbosari hokimiyatni egallab olishga urinishda ayblanib, sudga tortildi. O‘z lavozimidan uzoqlashtirilgan Energetika vaziri o‘rinbosari Jumabay Karagayev hibsga olindi. Prezident Toqayev oligarxiyani tanqid qildi. Yirik davlat kompaniyalaridagi ba’zi yuqori lavozimli amaldorlar ishdan bo‘shatildi.

2022-yil 11-yanvar kuni Qozog‘iston majlisi Prezident Toqayev taklif qilgan Alixan Smailovning Bosh vazirlik lavozimini tasdiqladi. Yangi vazirlar kengashida Asqar Umarovning Qozog‘iston axborot vaziri etib tayinlanishi Rossiyaning ayrim rasmiylarini bezovta qildi. Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezident Toqayev tomonidan tayinlangan vazir bilan hamkorlik qilishlarini bildirib, baxsga oxirgi nuqtani qo‘ydi.

2022-yil 6-yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Toqayev bilan uchrashgan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turk Davlatlari Tashkilotining davriy rahbari sifatida Turkiyaning Qozog‘iston bilan har qanday texnik ma’lumot va tajriba almashishga tayyorligini qayd etdi. Tashkilotga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari 11-yanvar kuni Qozog‘istondagi voqealarni muhokama qildi.

Prezident Toqayev 2022-yil 11-yanvarda “Yangi Qozog‘istonni birgalikda barpo etamiz” deya oligarxiyaga qarshi kurashni alohida ta’kidladi. Uning taklifi bilan tashkil etilgan “Qozog‘iston xalqiga” deb nomlangan jamoat fondi, xalqning ijtimoiy muammolarini hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu jarayonning Qozog‘iston kuchiga kuch qo‘shishiga, mamlakatning bu jarayondan yana-da kuchliroq chiqishiga ishonchimiz komil.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #LPG , #Qasim-Jomart Toqayev

Aloqador xabarlar