Bularni bilasizmi 19-qism

Markaziy Anadoluda joylashgan Ihlara vodiysi dunyodagi kanyonlar orasida muhim o'rin egallaganini bilasizmi?

1759883
Bularni bilasizmi 19-qism

 

Markaziy Anadoludagi Aksaray viloyati hududida bepoyon Ihlara vodiysi joylashgan bo’lib, uning uzunligi 18 kilometr, chuqurligi 150 metr va kengligi 200 metrni tashkil qiladi.

Minglab turar-joy punktlarini o'z ichiga olgan Ihlara vodiysi o'tmishda insonlar yashagan dunyodagi eng katta kanyon bo'lish xususiyatiga ega. Vodiyni o'rab turgan qoyalarga o'yib qurilgan yuzlab cherkovlar vodiyni dunyodagi eng muhim madaniyat va sivilizatsiya markazlaridan biriga aylantirgan.

Ihlara vodiysi tabiati bilan Turkiyaning ko'rishga arziydigan joylaridan biridir. Tikka qoralar bilan o’ralgan chuqur vodiyning tubida suv mavjud bo’lib, uning atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan. Vodiy yonbag'irlarida boy va yashil tabiat manzarasidan bahramand bo’lish mumkin. Mintaqada quruq iqlim hukmron boʻlsa-da, vodiyning tubida Oʻrta yer dengizi iqlimi seziladi.


Tanlangan kalimalar: #Ihlara vodiysi , #Turkiya

Aloqador xabarlar