Bularni bilasizmi 18-qism

Tarixdagi ilk tanga Anadoluda ishlatilganini bilasizmi?

1755824
Bularni bilasizmi 18-qism

 

Insoniyat tarixidagi eng muhim ixtirolardan biri bo'lgan pul miloddan avvalgi 7-asrda lidiyaliklar tomonidan ixtiro qilingan.

Anadolu gʻarbida oʻrnatilgan Lidiya sivilizatsiyasi Osiyo va Yevropa oʻrtasidagi savdo markazi edi. O’sha davrgacha savdo ayirboshlash yo'li bilan amalga oshirilgan bo'lsa-da, Lidiya shohi buyrug'i bilan tangalar zarb qilina boshlagan. Tarixda birinchi marta bosilgan tangalar kumush va oltin aralashmasi edi.

Lidiyaliklardan keyin tangalardan foydalanish keng tarqalgan. Anadoluda ishlab chiqarilgan pullar qisqa vaqt ichida O'rta yer dengizi mamlakatlariga, keyin esa butun dunyoga tarqaldi.

Bu davrda Anadoluda tashkil topgan davlatlarning podsholari oʻz tasviri tushirilgan tangalarni ishlab chiqarganlar. O’sha davrda  pul bosish davlatlarning qudrati va suvereniteti ramziga aylangan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar