Yangi umid, yangi orzular ayyomi, Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Kirib kelayotgan 2022-yilingiz muborak bo‘lsin!

1752257
Yangi umid, yangi orzular ayyomi, Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Bugun 2021 - yilning oxirgi kuni. Bir necha soatdan so‘ng yangi yil, 2022 - yil kirib keladi. Ya’ni bugun yangi umid, yangi orzular ayyomi. Ortda qolayotgan 2021-yil 2020-yilda bo‘lganidek, butun dunyoda shu jumladan Turkiyada ham yana Covid - 19 pandemiyasiga qarshi kurash bilan o‘tdi. Dunyoda keng tarqagan, eng yomoni haligacha bizni tark etmagan koronavirus yoki Covid - 19ning paydo bo‘lishi shubxasiz dunyoning har bir davlatiga ziyon yetkazib, har bir inson hayotiga tahdid soldi. Pandemiya sharoiti bizni bir tomondan unga qarshi tadbirli bo‘lishga, uni yengishga, unga qarshi kurashishga undar ekan ikkinchi tomondan katta saboq olishimizga ham zamin yaratdi. Bu sharoit ko‘pchilikni tozalikka, poklikka, sabr - qanoat qilib, “shukur” deb yashashga o‘rgatdi. Inson qalbining tub - tubidagi mehr va sog‘inch tuyg‘ularini uyg‘otib, insonlik fazilatlarini namoyon etdi. Pandemiya tibbiy tarmoqning hayotiy zarurligi, tibbiy xodimlarning na qadar muqaddasligi, eng muhimi buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlari ham aytganidek tiriklik uchun sog‘lik va salomatlikning katta boylik, ulug‘ ne’mat ekanini yana bir bor yodga soldi. Buyuk olim, buyuk hakim Abu Ali Ibn Sinoning o‘zidan so‘ngra bizga qoldirgan to‘rtta tabibi shu jumladan quyosh, toza havo, suv va badan tarbiyaning ahamiyati, qadri - qimmati takror - takror ta’kidlandi. Bugun mana shunday ham murakkab ham tarixiy bir sanani kuzatar ekanmiz yangi yilda sizga, siz aziz kuzatuvchilarimizga, kuzatuvchilarimiz oilasi va xonadoniga eng avvalo sog‘lik va salomatlik tilaymiz. Eski, 2020 - 2021-  yildan chiqargan sabog‘ingiz, orttirgan hayot tajribangizdan bundan keyingi jarayonda unumli foydalanib, farovon turmush kechirishingizni tilab qolamiz.

Bu yilni, Covid - 19 ga qarshi kurash doirasida Turkiya Respublikasi tomonidan dunyoning to‘rt burchagiga yordam sifatida yuborilgan ashyolar qutisiga yozib qoldirilgan Mavlona Jaloliddin Rumiyning, “Umidsizlik diyoriga yuz burma, umidlar bor! Qorong‘ulikka berkinib olma, quyoshlar bor!” degan satrlari bilan yakunlaymiz. Kelgusi yilda, diydor ko‘rishguncha salomat bo‘ling azizlar!

 


Tanlangan kalimalar: #yangi yil , #2022

Aloqador xabarlar