Bularni bilasizmi 15-qism

Turkiyaning Kars viloyatida joylashgan Bogʻatepa qishlogʻida pishloq muzeyi borligini bilasizmi?

1746469
Bularni bilasizmi 15-qism

 

Turkiyaning Kars viloyatidan taxminan 1 soatlik masofada joylashgan Bog’atepa qishlog’ida Turkiyaning mashhur Gravyer pishloqi ishlab chiqariladi. Shveytsariyaliklar tomonidan Alp tog'lariga qiyoslangan bu qishloqda Turkiyaning dastlabki pishloq muzeyi joylashgan.

1880-yilda qurilgan tarixiy sut zavodi uzoq yillar mobaynida foydalanilmagan. Bogʻatepadagi ushbu tarixiy ob’yekt keyinchalik atrof-muhitni obodonlashtirish jamiyati rahbarligida fuqarolar tomonidan taʼmirlanib, muzeyga aylantirildi. 2010-yilda ochilgan ushbu gastronomiya muzeyi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Uch bo'limdan tashkil topgan muzeyda Kars viloyatiga xos gravyer pishlog’ining tarixi aks ettirilgan turli rasm va maqolalar o’rin olgan. Muzeyda shuningdek, pishloqni tayyorlash bosqichlari va tarixda pishloq tayyorlashda ishlatilgan eski qoliplar, xamirturush qoliplari va tarozi toshlari kabi materiallarni ko'rish mumkin. Muzey ichida viloyatda yetishtirilgan 100 ga yaqin tabiiy o‘simlik turlari ham o’rin olgan. Bu o'simliklarning nomlari, rasmlari, xalq tabobatida ushbu o’simliklardan qanday fodalanilgani va qanday dardlarga davo ekani anglatilgan.


Tanlangan kalimalar: #Gravyer pishloqi , #Kars , #Turkiya

Aloqador xabarlar